Qidirish

23:06 / 2023-03-04 892 0 Jamiyat

II Milliy mehmondoʻstlik mukofoti gʻoliblari taqdirlandi

II Milliy mehmondoʻstlik mukofotini topshirish marosimida 30 turli yoʻnalishdagi nominatsiya taqdim etildi.

Toshkentda II Milliy mehmondo‘stlik mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. "Hotel Business Forum-2023" doirasida o‘tkazilgan tadbirda Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A'zamov, Otelyerlar Assosiatsiyasi raisi Farangiz Abdullayeva, turli mahalliy va xalqaro mehmonxona brendlari vakillari hamda boshqalar ishtirok etdi.

Ulug‘bek A'zamov forumning ikki kun davomida yuqori saviyada o‘tgani uchun Otelyerlar Assosiatsiyasiga va soha rivojiga qo‘shayotgan hissalari uchun mehmondo‘stlik sanoati vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

II Milliy mehmondo‘stlik mukofotini topshirish marosimida 30 turli yo‘nalishdagi nominatsiya taqdim etildi.

Nominatsiyalar g‘oliblarining to‘liq ro‘yxati quyidagicha:

  • Toshkentdagi eng yaxshi kichik mehmonxona — "Shahzoda Grand Hotel";

  • Hududdagi eng yaxshi kichik mehmonxona — "Silk Road Empire Hotel";

  • Hududdagi eng yaxshi biznes mehmonxona — "Samarkand Regency Amir Temur";

  • Toshkent shahridagi eng yaxshi biznes mehmonxona — "Hyatt Regency";

  • Eng yaxshi mini mehmonxona — "Platan Hotel", Samarqand;

  • Eng yaxshi apart-mehmonxona — "Art Apart Hotel";

  • Eng yaxshi city-mehmonxona — "Hilton Garden Inn Samarkand";

  • Toshkentdagi eng yaxshi MICE-mehmonxona — "Courtyard by Marriott Tashkent";

  • Hududdagi eng yaxshi MICE-mehmonxona — "Sahid Zarafshan Bukhara";

  • Eng yaxshi butik-mehmonxona — "Minzifa Boutique Hotel Bukhara";

  • Eng yaxshi restoran menejeri — Dilshod Abdukarimov, "Humson Buloq";

  • Qabul va joylashtiruv xizmati bo‘yicha eng yaxshi menejer — Firdavs Sattarov, "Dillimah Premium Hotel Samarkand";

  • Eng yaxshi “housekeeping” menejeri — Liana Idrisova, "Regal Stay Tashkent";

  • Sotuvlar bo‘yicha eng yaxshi direktor — Kristina Livshits, "Hyatt Regency Tashkent";

  • Eng yaxshi mehmonxona dizayni — "Mercure Bukhara Old Town";

  • Shahar tashqarisidagi eng yaxshi oilaviy dam olish maskani — "Layner";

  • Toshkent shahridagi eng yaxshi hostel — "Shah Polan Hostel";

  • Hududdagi eng yaxshi hostel — "Bukhara City Hostel";

  • Eng yaxshi oilaviy mehmon uyi — "Besqala Guest House";

  • Eng yaxshi xavfsiz mehmon uyi — "Gulizebo Gulnoza";

  • Mehmonxonadagi eng yaxshi nonushta — "Radisson Blu Hotel Tashkent";

  • Mehmonxonadagi eng yaxshi restoran — "Oscar Boutique Hotel";

  • Eng yaxshi SPA-otel — "Wellness Park Hotel Samarkand";

  • Digital kommunikatsiya va veb-sayt yuritish bo‘yicha eng yaxshi mehmonxona — "Hilton Tashkent City";

  • Yilning eng yaxshi HoReCa ta’minotchisi — "Restomarket";

  • Yilning eng yaxshi jihoz ta’minotchisi — "Hotel Line";

  • Yilning eng yaxshi menejeri — Farhod Toshtemirov, "Mercure Tashkent";

  • Hududdagi yil ochilishi — "Silk Road Samarkand";

  • Toshkent shahridagi yil ochilishi — "Hotel Inspira-S" Tashkent.

Shunday qilib, 2–3-mart kunlari bo‘lib o‘tgan "Hotel Business Forum-2023" samarali yakunlandi.

Izohlar 0

Fikr bildirish