So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
“Bu xafta ogʻir boʻladi!” — Rasul Kusherbayev barcha rahbarlarga murojaat qildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ayni vaqtda mamlakat hududida yuzaga kelgan vaziyat munosabati bilan Oʻzbekistondagi barcha rahbarlarga murojaat qildi.
“Jamoat transporti qoniqarsiz ahvolda turgan vaqtda, asosiy yoqilgʻi turi sifatida metan gazdan foydalanishga oʻtgan transport vositalari soatlab, balki sutkalab gazga navbat kutib qolmoqda. Ayrim haydovchilar bu sovuqda gazdan umidini uzib qoʻl siltab ham qoʻyishdi: ulargayam sogʻliq kerak.
Bu sharoitda eng koʻp aziyat chekadiganlar bu-jamoat transportida ishga qatnab ishlovchi ishchilar hisoblanadi. Jamoat transporti yoʻq, bori ham tiqilinch, taksilar narxi oshib ketgan, qatnov kamligi sabab ushbu haftada koʻpchilik ishchilar ishga borishda kutilmagan qiyinchiliklarga duch kelishadi.
Shu bois, ish beruvchilar, rahbarlar oʻz ishchilarining real sharoitidan kelib chiqib ularga maʼlum imtiyozlar berishi shart, deb hisoblayman.
Masalan, ularning ishga kech qolib kelishi, kela olmasligi yoki ishdan erta ketishini yengib boʻlmas sharoit taʼsiridagi holat sifatida baxolab, bu uchun hech qanday jazo berilmasligi kerak. Aksincha ishchilarga ayni shunday kunlarda sharoit yaratib, ularni qoʻllab-quvvatlash zarur.
Oʻylaymizki, vijdoni bor, ishchilariga gʻamxoʻr har bir rahbar mana shunday yoʻl tutadi. Nailoj: energetikamizni ahvoli issiq va shoxona sharoitda yashovchi rahbarlar tomonidan koʻzboʻyamachi raqamlar, yashirin kelishuvlar sabab shu darajaga tushirib qoʻyilganidan keyin uning jabrini oddiy ishchilar tortadi albatta”, — deb yozdi deputat oʻzining Telegram kanalida.
Eslatib oʻtamiz, Kusherbayev gaz quyish shoxobchalaridagi turnaqator navbatlarni tanqid qilib, issiq kabinetlarda kofe ichib oʻtirgan noʻnoq rahbarlardan qattiq norozi ekanligini bildirgan edi.