So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Andijonda bankomatlardan 430 mln soʻm oʻgʻirlandi
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Xalq banki” ATBning Andijon shahar amaliyot boʻlimi bankomatlaridan 430 mln. soʻm mablagʻ oʻgʻirlanganligi toʻgʻrisida xabar tarqaldi. Ushbu holat boʻyicha Andijon viloyati prokuraturasi bayonot berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu voqea yuzasidan joriy yilning 7-fevral kuni Andijon viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Dastlabki tergov harakatlari xozirda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Xalq banki”ning Sirdaryo viloyati Xovos filialida 3 mlrd. 828 mln. 400 ming soʻm miqdoridagi byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilgan masʼul xodim qamoqqa olingan edi.