So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Kuala-Lumpur markazidagi LED ekranlarda Oʻzbekiston turistik salohiyatiga oid videolar namoyish etilmoqda — Madaniyat va turizm vazirligi
O'zbekiston malayziyaliklar tomonidan yangi turistik yo'nalish sifatida qabul qilinmoqda.
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahri markaziy koʻchalaridagi LED-ekranlarda Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatiga oid videoroliklar namoyish etilmoqda. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, ayni damda Malayziyada boʻlib turgan Madaniyat va Turizm vazirligi delegatsiyasi u yerda “Ramsel Media Cdn. Bhd” agentligi vakillari bilan uchrashdi.

Oʻzbekistonning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan uchrashuvda yurtimizning madaniy va turizm salohiyatini hamda 1-martdan faoliyatini boshlaydigan “Oʻzbekiston – Islom sivilizatsiyasi markazi” xalqaro fotokoʻrgazmasini Malayziyada keng targʻib etish masalalari muhokama qilindi.
Taʼkidlash joizki, uchrashuv davomida mamlakatimizda madaniyat va turizm sohasiga davlat rahbari darajasida eʼtibor berilayotgani hamda soʻnggi yillarda olib borilgan islohotlar va ularning natijalariga doir maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, bugungi kunda ushbu islohotlarning mantiqiy davomi sifatida yurtimizni xorijiy davlatlarda koʻproq tanitish maqsadida madaniy va turizm salohiyatini targʻib etish masalasi dolzarb boʻlib qolayotgani aytib oʻtildi.

Bundan tashqari, “Ramsel Media Cdn. Bhd” agentligi rahbariyati tomonidan Malayziya miqyosida mavjud reklama joylari (LED ekran, bilboard va bannerlar) hamda bugungi kunga qadar Hindiston, Pokiston, Avstraliya va boshqa qator davlatlar tomonidan berilgan reklama aksiyalari haqida taqdimot namoyish etildi.
O‘z navbatida, O'zbekiston malayziyaliklar tomonidan yangi turistik yo'nalish sifatida qabul qilinayotgani alohida ta'kidlandi.