So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Sobiq MXX binosining oʻrnida Radisson mehmonxonasi quriladi
Abdulaziz Komilovning oʻgʻliga tegishli MCHJ Raddison mehmonxonalar guruhi bilan kelishuvga erishdi.
Raddison mehmonxonalar guruhi “Metropol Group” MCHJ bilan Toshkentda premium-klassdagi yangi mehmonxona ochish boʻyicha kelishuvni imzoladi, deya xabar bermoqda Oʻzbekiston mehmonxonalar assotsiatsiyasi.
Maʼlum qilinishicha, Radisson Collection Hotel nomli yangi otel shahar markazida, Sayilgoh koʻchasidagi (xalq tilida “Brodvey” — tahr) sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining bosh binosi oʻrnida joylashadi.
Bu yerda qurilajak mehmonxona kompleksi yaxlit meʼmoriy uslubga ega 4 ta binodan iborat boʻlishi, asosiy va eng baland bino 22 qavat boʻlib, unda 27 ming kv.m. maydonga ega Radisson Collection Hotel joylashishi kutilmoqda. Premium toifadagi mehmonxona mijozlarga 164 ta xona, xususan prezident lyuks xonalarini taklif etadi.
Majmua hududi jamoat joyi, savdo zonalari, kinoteatr, ofislar, apartamentlar va koʻp qavatli yerosti avtoturargohni oʻz ichiga oladi.
Maʼlumot oʻrnida, Radisson Collection — bu mahalliy diqqatga sazovor joylarga yaqin joylashgan eksklyuziv, premium mehmonxonalar toʻplami.
Radisson Collection mehmonxonalarining barchasi mehmondoʻstlikning eng soʻnggi standartlariga javob beradi, ular maxsus dizaynni ajoyib restoran, fitnes va kurort tajribasi bilan uygʻunlashtiradi.
Eslatib oʻtamiz, “Metropol Group” sobiq MXX binosini 2021-yil iyulida 210 mlrd soʻm evaziga sotib olgandi. Bu kompaniyaning 100 foizi ulushi oʻsha vaqtda ham, hozirda ham sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning oʻgʻli Doniyor Komilovga tegishli ekani koʻrsatilgan.