So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Oʻzbekistonda AI-80 benzinining narxi oshishi kutilmoqda
Aksiz soligʻi “nol” stavkada qoʻllanishi va birja savdolarida “spred” joriy etilishi davrida isteʼmolchilariga 386 ming tonna (oʻrtacha kunlik 5 300 tonna), yoki oʻtgan yillarning mos davriga nisbatan 188,6 ming tonnaga koʻp AI-80 rusumli avtobenzin yetkazib berilgan.

Xabaringiz bor, Prezidentning qaroriga asosan, 2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-martga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yakuniy isteʼmolchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun aksiz soligʻi “nol” stavkada qoʻllanishi belgilangan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 15-dekabrda tasdiqlangan “Kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni AI-80 rusumli avtobenzin bilan uzluksiz taʼminlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish” chora-tadbirlarida 2022-yil 9-dekabrdan 2023-yil 1-martga qadar “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning alohida birja seksiyasi orqali
AI-80 rusumli avtobenzin mahsulotini sotish narxining oʻsishi birja savdosiga chiqarish narxiga nisbatan koʻpi bilan 5 foizgacha miqdorda belgilangan.
Natijada, 2022-yil 1-12-dekabr kunlari 1 tonna AI-80 rusumli avtobenzin uchun oʻrtacha birja narxi 8 096 ming soʻmni tashkil qilgan boʻlsa, 13-dekabrdan boshlab 6 295 ming soʻmni tashkil qilgan yoki 1 801 ming soʻmga arzonlashdi.
Oʻz oʻrnida AYOQSHlarda 1 litr AI-80 rusumli avtobenzinning narxi oʻrtacha 6 800 - 7 500 soʻmdan 5 700 - 6 000 soʻmgacha, yoki oʻrtacha 1 100 soʻmga arzonlashdi.
Aksiz soligʻi “nol” stavkada qoʻllanishi va birja savdolarida “spred” joriy etilishi davrida (2022-yil 12-dekabr – 2023-yil 22-fevral) respublika isteʼmolchilariga 386 ming tonna (oʻrtacha kunlik 5 300 tonna), yoki oʻtgan yillarning mos davriga nisbatan 188,6 ming tonnaga koʻp AI-80 rusumli avtobenzin yetkazib berilgan.
2023-yil 1-martda yuqoridagi tartiblarning amal qilish muddati (imtiyozli davr) yakunlangandan keyin aksiz soligʻi hisoblanishi va birjada narxlarning erkin (oʻsish darajasi cheklanmasdan) shakllanishi hisobiga AI-80 rusumli avtobenzin narxi oshishi kutilmoqda.
Bunda, 1-martdan boshlab birja savdolariga joylashtiriladigan 1 tonna mahalliy AI-80 rusumli avtobenzin boshlangʻich narxi 6 863 000 soʻmdan, import avtobenzini narxi 8 036 000 soʻmdan shakllanib, birja savdolari yakuni bilan narxlar oʻrtacha 8 150 000 soʻmni (1 litr uchun 6 100 soʻm) tashkil etishi kutilmoqda.
Bunda, narxlar oʻzgarishi hisobiga “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi AYOQSHlarda 1 litr AI-80 rusumli avtobenzinning chakana narxi mahalliy mahsulot uchun 6 800 soʻmdan, import mahsuloti uchun 7 000 soʻmdan shakllanadi.
Maʼlumot uchun, Respublika hududida 2022-yil dekabr va 2023-yil yanvar-fevral oylarida ob-havo harorati keskin sovib ketishi hamda avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari faoliyatiga cheklovlar joriy etilganligi aholining AI-80 rusumli avtobenziniga boʻlgan talabi taklifga nisbatan keskin oshishiga olib keldi.



