So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Zangiotada poliklinika taʼmirlanishiga ajratilgan 392 mln soʻm “tuya” qilindi
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Zangiota tumanida qishloq oilaviy poliklinikasini taʼmirlashdagi talon-torojlik fosh etildi, deya xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman boʻlimi tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Unga koʻra, “N.Q.” MCHJ sobiq rahbari M.A. birlashmaga qarashli qishloq oilaviy poliklinikalarini joriy taʼmirlashda, hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 392,9 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.