So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“IT-Med” MCHJga yangi direktor tayinlandi
Vazirlikning maʼlum qilishicha, Nabiyev Yevropada oʻqib va ishlab qaytgan tajribali mutaxassis.
Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻi bilan Nabiyev Sanjar Turakulovich vazirlik muassisligidagi “IT-Med” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori etib tayinlandi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, S.Nabiyev 2016-yilda Buyuk Britaniyadagi London shahar universiteti (City University of London)ning bakalavriat, 2018-yilda esa Ispaniyadagi Les Roches Marbella mehmonxona boshqaruvi xalqaro maktabining magistratura bosqichini axborot texnologiyalari hamda menejment yoʻnalishlari boʻyicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini Toshkent shahridagi “Academ Food” masʼuliyati cheklangan jamiyatida menejer vazifasida boshlab, keyinchalik Londondagi “NanoProtech Ltd” kompaniyasi, poytaxtdagi “GPM Realty”, “Blue Bell Global Venture” hamda “Blue Bell Global Venture” xususiy korxonalarida masʼul lavozimlarda ishlagan.