So`ngi yangiliklar
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
FNQIZ xomashyoni qayta ishlash hajmini ikki barobar koʻpaytirishni rejalashtirmoqda
Modernizatsiya jarayoni tugallangach, 2024-yilga kelib FNQIZda xomashyoni qayta ishlash hajmini ikki barobarga, yaʼni yiliga 2 mln tonnagacha, uglevodorodlarni qayta ishlash chuqurligini esa 87 foizdan 92 foizgacha oshirish imkoniyati tugʻiladi.
“Sanoat Energetika Guruhi” MCHJ XK tomonidan Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiyalash ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda, deya xabar bermoqda SANEG matbuot xizmati.
Modernizatsiya jarayoni tugallangach, 2024-yilga kelib FNQIZda xomashyoni qayta ishlash hajmini ikki barobarga, yaʼni yiliga 2 mln tonnagacha, uglevodorodlarni qayta ishlash chuqurligini esa 87 foizdan 92 foizgacha oshirish imkoniyati tugʻiladi.
“Loyihaning asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasining neft mahsulotlariga boʻlgan tobora ortib borayotgan ehtiyojini qondirishdan iborat.
FNQIZni modernizatsiya qilish zavodda ishlab chiqarilayotgan neft mahsulotlari sifatini xalqaro standartlar darajasiga koʻtarish, xususan, motor moylari sifatini “Yevro-5” toifasigacha, yogʻlash uchun ishlatiladigan moylarni API boʻyicha II+/III guruh darajasigacha oshirish imkonini beradi.
Yangi turdagi mahsulotlar ekologik jihatdan toza boʻlib, tashqi bozorda xorijiy ishtirokchilar bilan raqobatlasha oladi”, — deydi SANEG kompaniyasi bosh direktori Shokir Fayzullayev.
Ayni paytda modernizatsiya loyihasi doirasida jihozlarning qariyb 40 foizi yetkazib berilgan. Kimyoviy suv tayyorlash qurilmasiga ega boʻlgan bugʻ qozonini loyihalash va qurish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Gidrokreking, vodorod ishlab chiqarish, qisqa siklli ajratish uskunalari qurilmoqda.
Shuningdek, ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini boshqarish boʻyicha yagona markaz qurilishi ham davom ettirilmoqda. Birlashtirilgan dispetcherlik xonasi mutaxassislari uchun ish oʻrinlari soni 200 dan ortadi.
Uglevodorodlarning yoʻqotilish hajmini kamaytirish va zavod rezervuarlar parkini yangilash modernizatsiya loyihasining muhim jihati hisoblanadi.
Shu munosabat bilan FNQIZ loyiha-konstruktorlik boʻlimi tomonidan 36 ta yangi rezervuarlarni qurish boʻyicha loyiha tayyorlangan boʻlib, ayni paytda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda ularni ishlab chiqarish jarayoni yoʻlga qoʻyilmoqda.
Zavodning tobora koʻpayib borayotgan quvvatlarini tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida umumiy uzunligi 12 km boʻlgan yangi tashqi gaz quvurini yotqizish boʻyicha texnik topshiriqlar tayyorlandi. Ishchi loyihaga muvofiq qurilish materiallari va uskunalari xarid qilindi, qurilish-montaj ishlari boshlab yuborildi.
Eski tozalash inshootlarini neft mahsulotlaridan tozalash jarayoni davom etayotgan boʻlib, keyinchalik ikkilamchi qayta ishlanganidan keyin ulardan yana foydalaniladi. Bu kompaniyaning ekologik xavfsizlik boʻyicha majburiyatlarining muhim qismidir.
Modernizatsiya loyihasini amalga oshirish ishlariga jami 100 dan ziyod maxsus texnika va 1000 dan ortiq ishchi jalb etilgan. Bugungi kunda zavodda jami 4173 kishi mehnat qilmoqda.
Modernizatsiya ishlarining yakunlanishi Fargʻona NQIZning mamlakat iqtisodiyotiga qoʻshayotgan hissasini oshirish imkonini beradi.