So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Suriyada zilziladan soʻng vayronalar ostida tugʻilgan chaqaloq kasalxonadan chiqarildi
Dunyoning turli burchaklaridan uni asrab olish haqida takliflar kelib tusha boshlagan. Biroq, qarindoshlari rozi boʻlmadi.
Suriyada zilziladan soʻng vayronalar ostida tugʻilgan chaqaloq kasalxonadan chiqarildi. Bu haqda Amerika ovozi maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, qizaloq zilzila yuz berganidan 10 soat oʻtib topilgan. Onasi Afra Abu Hadiya uni vayronalar dunyoga keltirib, vafot etgan. Goʻdak oilasining omon qolgan yagona aʼzosi, otasi va toʻrt opa, akalari ham halok boʻlgan.

Yangi oilasi unga onasining xotirasiga Afra deb ism berdi. Goʻdakni ammasi va uning eri asrab olgan. Vayronalar ostida tugʻilgan va omon qolgan goʻdak hikoyasi ommaviy axborot vositalarida keng tarqaldi.

Dunyoning turli burchaklaridan uni asrab olish haqida takliflar kelib tusha boshlagan. Biroq, qarindoshlari rozi boʻlmadi. Ularning bildirishicha, nochor boʻlsalarda, goʻdak uchun eng yaxshi joy – uning oilasi.