So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Umra toʻlovini bank orqali amalga oshirishni tavsiya qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda umra toʻlovi bilan bogʻliq ayrim fuqarolarning firibgarliklari aks etgan chiqishlar turli muhokamalarga sabab boʻldi. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi holatfa munosabat bildirdi.
Umra safari Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyundagi 364-sonli “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori asosida amalga oshiriladi.
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda “Toʻlovlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida maxsus hisobvaraqlar ochilgan bankning barcha hududiy filiallarida amalga oshiriladi”, deb belgilab qoʻyilgan.
Shu bois, “Haj” va “Umra” safarlari toʻlovlari faqat bank orqali amalga oshiriladi. Hech bir fuqaro yoki mansabdor shaxs safarlarga oid mablagʻlarni qabul qilish vakolatiga ega emas.
“Afsuski, ayrim shaxslar moʻmin-musulmonlar ishonchini suisteʼmol qilib, umra amalini niyat qilgan hamyurtlarimizning pullarini aldov yoʻli bilan olib, oʻzining shaxsiy maqsadlari yoʻlida oʻzlashtirib yuborgani achchiq haqiqat va bundan barcha ogoh boʻlishi lozim.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biror chiqish qilishdan oldin mavzuni yaxshilab oʻrganishni, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi nomini uning vakolatiga kirmaydigan ishlar bilan bogʻlab tarmoqlarda tarqatib, tashkilot shaʼni, qadr-qimmati, ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan axborot tarqatishdan ehtiyot boʻlishni soʻraymiz.
Aholi orasida asossiz maʼlumotlarni tarqatish Islom dini taʼlimotiga koʻra, gunoh, qonunchilikda esa javobgarlikka omil ekanini yana bir bor eslatib oʻtamiz”, – deyiladi murojaatda.