Qidirish

12:56 / 2023-02-20 320 0 Jamiyat

Misrlik taniqli xonanda va bloger Oʻzbekistonga keldi

Mustafo Abu Ravash va Rasha N.M.Radva Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi Oʻzbekistonning diqqatga sazovor qadimiy va tarixiy maskanlariga sayohat qilishadi

world-news

17-fevral kuni misrlik xonanda va bloger Mustafo Abu Ravash hamda uning ijodiy hamkori Rasha N.M.Radva Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, tashrif Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Oʻzbekistonning Qohira shahridagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Tashrifdan maqsad Oʻzbekiston madaniyati va turizm salohiyatini Misr davlatida keng targʻib etish orqali Arab mamlakatlaridan sayyohlar oqimini oshirishdir.

Oʻzbekistonga birinchi marta kelishim. Maqsadim xalqingizning turmush tarzi bilan tanishish, oʻzim uchun yangiliklarni kashf qilish. YouTube orqali yurtingizning ob-havosi, muzeylari haqidagi qiziqarli videolarni tomosha qilgandim. Endi esa bularga oʻz koʻzim bilan guvoh boʻlmoqchiman. Taʼkidlashim kerakki, Oʻzbekistonning ob-havosi, urf-odatlari, va, ayniqsa, milliy taomlari ajoyib", — dedi Mustafo.

Taʼkidlash kerakki, Mustafo Abu Ravash va Rasha N.M.Radva Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi yurtimizning diqqatga sazovor qadimiy va tarixiy maskanlariga sayohat qilishadi. Shuningdek, misrlik xonanda Oʻzbekistonda bir qator videokliplar suratga olishni ham rejalashtirgan.

Qayd etish joizki, misrlik blogerlar Oʻzbekistonning oʻziga xos iqlimi, boy madaniy meʼrosi, xalqlarimiz orasidagi oʻxshash urf-odatlar va eng asosiysi bir-birini takrorlamaydigan 4 ta faslga ega ekanligini alohida eʼtirof etishdi.

Bundan tashqari, Mustafo Abu Ravash va Rasha N.M.Radva oʻzbekistonlik sanʼat sohasi vakillari bilan hamkorlik oʻrnatish va ular bilan kelgusida koʻplab yangi ijod namunalari yaratishni niyat qilishgan.

Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Oʻzbekistonning Qohira shahridagi elchixonasi bilan hamkorlikda bir qator loyihalar rejalashtirilgan boʻlib, ushbu loyihalar doirasida Misr davlati fuqarolarini mamlakatimiz madaniy va turizm salohiyati bilan yaqindan tanishtirish hamda Misr media maydonida Oʻzbekistonning turizm salohiyatini keng targʻib etish maqsad qilingan”, — deyiladi xabarda.

Maʼlumot uchun, Mustafo Abu Ravash nafaqat Misrda, balki butun dunyoda katta auditoriyaga ega. Xususan, uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini 6 millionga yaqin obunachi kuzatib boradi.

Izohlar 0

Fikr bildirish