So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkent metropoliteniga savdo maydonchalari qaytariladi
Savdo maydonchalari faoliyati tajriba tariqasida “Novza” metro stansiyasining piyodalar oʻtish yoʻllarida tashkil etiladi.
Toshkent metropoliteniga savdo maydonchalari qaytariladi va bu tajriba, “Novza” metro stansiyasidan boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yer osti va yer usti metro bekatlaridagi savdo va xizmat koʻrsatish maydonchalari tadbirkorlarga elektron auksion shartlarida ijaraga beriladi.
Oʻtgan yillar davomida Toshkent metropoliten harakat tarkibini yangilash maqsadida toʻqqizta yangi toʻrt vagonli metro poyezdlari xarid qilingan hamda 23 ta toʻrt vagondan iborat metro poyezdlari kapital taʼmirlangan.
Maʼlumot oʻrnida, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 2-fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, jamoat transporti tizimini kompleks rivojlantirish, yoʻlovchilarga sifatli va xavfsiz transport xizmatlarini koʻrsatish kabi vazifalar belgilab qoʻyilgan.