So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Aziz Abduhakimov “The Investor” nashri tahririyat direktori bilan uchrashdi
27-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov “The Investor” nashrining tahririyat direktori Leandro Slovinski bilan uchrashdi.
Jurnal “Beyond Investments Group” yetakchi konsalting kompaniyasi tomonidan 84 ming nusxada chop etiladi. Aziz Abduhakimov Oʻzbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida turizm sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi turistik obyektlar hamda ularning imkoniyatlari, rivojlanayotgan istiqbolli yoʻnalishlar haqida batafsil maʼlumot berdi. Qayd etish lozimki, vazirning sohaviy biznes vakillariga yaratilgan sharoitlar va mavjud imtiyozlar hamda investorlar uchun qiziq boʻlgan boshqa maʼlumotlari Leandro Slovinskida katta qiziqish uygʻotdi.
Leandro Slovinski, oʻz oʻrnida, Oʻzbekistonda turli sohalar, jumladan, turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, mamlakatning investorlar uchun jozibali jihatlari koʻpligini taʼkidladi.
U mamlakatni mintaqaning eng jozibador investitsion yoʻnalishlardan biriga aylantirish boʻyicha islohotlarga oʻz hissasini qoʻshishga tayyor ekanini maʼlum qilib, qoʻllanmaning bir sonini Oʻzbekistonga bagʻishlashga qiziqish bildirdi va shunga doir takliflarini ilgari surdi.
Uchrashuv yakuniga koʻra, tomonlar muayyan mavzular boʻyicha oʻzaro maʼlumot almashishga, intervyular tashkil qilish va Oʻzbekistonning ijobiy imiji yoʻlida xizmat qiluvchi targʻibot kampaniyalarini oʻtkazishga kelishib olishdi.
Taʼkidlash joizki, “The Investor” qoʻllanmasi Gretsiya, Argentina, BAA, Malayziya va Urugvay kabi qator davlatlarning investitsion jozibadorlik targʻibotiga bagʻishlangan.
Maʼlumot uchun, “Beyond Investments Group” tomonidan 2007-yildan buyon dunyoning 48 mamlakatida 165 mingdan iborat investorlar tarmogʻi yaratilgan.
Qoʻllanma oʻquvchilarining 76 foizi yuqori lavozimlarda faoliyat yurituvchi shaxslar hisoblanadi. Kompaniya yiliga 100 dan ziyod sherikchilik tadbirlari oʻtkazadi.
Maʼlumot uchun, “The Investor” – rivojlanayotgan bozorlarda biznes va turmush tarzi (lifestyle), jahon biznes rahbarlarining fikrlari hamda global iqtisodiyotning kelajagini shakllantirayotgan kompaniyalar, tendensiyalar va jamiyat haqidagi tushunchalarni oʻz ichiga oluvchi keng qamrovli qoʻllanma.