So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Oʻzbekiston Polsha bilan madaniyat va turizm sohasida hamkorlikni kuchaytiradi” — Ozodbek Nazarbekov
Polsha oʻzbekistonlik yoshlarning bakalavr, magistr va doktorantura bosqichlarida tahsil olishlari uchun stipendiya dasturlari, taʼlim grantlari ajratishi kutilmoqda.
Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov Polshaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Radoslav Gruk bilan uchrashdi.
Muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Polsha oʻrtasida madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, joriy yilning kuzida Urganch shahrida tugʻilgan Polsha xalq artisti Anna German xotirasiga bagʻishlangan konsert dasturini yuqori saviyada oʻtkazish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashilgan.

Bundan tashqari, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish doirasida madaniyat va sanʼat sohasida nou-xau loyihalarni amalga oshirish, madaniyat muassasalariga zamonaviy marketing tizimini kiritish hamda madaniy xizmat koʻrsatishni yanada rivojlantirish loyihalariga Polsha investorlarini jalb qilish yuzasidan takliflar ilgari surilgan.
Shuningdek, madaniyat, sanʼat va turizm yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarining oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish, oʻzbekistonlik yoshlarning bakalavr, magistr va doktorantura bosqichlarida tahsil olishlari uchun Polsha stipendiya dasturlari, taʼlim grantlari ajratish masalalari ham muzokara markazida boʻldi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida 2023-yilda Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan xalqaro festivallarda Polsha vakillari ishtirokini taʼminlash borasidagi muhim jihatlarni ham belgilab olingan.

“Elchi janoblari bildirilgan takliflarni qoʻllab-quvvatlash har ikki tomon uchun ham manfaatli boʻlishini alohida taʼkidladi. Uchrashuv yakunida esa mavjud madaniyat va turizm oliy oʻquv yurtlari, xalqaro festivallar toʻgʻrisida oʻzaro maʼlumot almashishga kelishib olindi”, — deb yozadi Nazarbekov.