So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda bir oilaning toʻrt nafar aʼzosi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Ularning barchasi Oqqoʻrgʻon tibbiyot birlashmasi “Jonlantirish” boʻlimida vafot etgan. Hozirda oilaning ikki nafar aʼzosi tirik.
Toshkentda bir oilaning toʻrt nafar aʼzosi ovqatdan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda Effect.uzʻga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 17-fevral kuni Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanining Birlik mahallasida yashovchi oilada ommaviy ravishda ovqatdan zaharlanish holati sodir boʻldi.
Maʼlum qilinishicha, voqea joyida oilaning 3 nafar aʼzosi: 1961-yilda tugʻilgan ayol A.Z., 1978-yilda tugʻilgan erkak X.M. va 1982-yilda tugʻilgan ayol S.R. vafot etgan.
Shuningdek, ushbu xonadonda yashovchi 18 yoshli R.M., 20 yoshli D.M., 11 yoshli T.M. va 2 yoshli H.A.lar “nomaʼlum etiologik zaharlanish” tashxisi bilan Oqqoʻrgʻon tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Koʻrsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan 18 yoshli R.M. Oqqoʻrgʻon tuman tibbiyot birlashmasi “Jonlantirish” boʻlimida vafot etgan.
Holat yuzasidan tayinlangan sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki maʼlumotnomasida fuqarolar marhumlarning oʻlimi boʻyicha sud tibbiy tashxis “Is gazidan oʻtkir zaharlanish. Murda dogʻlarining och pushti rangdaligi, ichki aʼzolar pushti rangga kirishi.
Qonning suyuq holati. Ichki aʼzolarning toʻlaqonligi. Miya va oʻpka shishi. Nomaʼlum etiologiyali ovqatdan zaharlanish” ekanligi qayd etilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda, natijasi haqida qoʻshimcha axborot berilishi taʼminlanadi.