So`ngi yangiliklar
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Toshkentda “HOTEL BUSINESS FORUM-2023” forumi oʻtkaziladi
Mazkur forumda “Radisson”, “Hilton”, “Accor”, “Marriott”, “Wyndham” va boshqa global mehmonxona tarmoqlarining mintaqaviy yetakchilari qatnashadi.
2–3-mart kunlari Toshkent shahridagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida “HOTEL BUSINESS FORUM-2023” tadbiri boʻlib oʻtadi.
“Mehmondoʻstlik tendensiyalari: xizmat koʻrsatish sohasida hamkorlikdan IT yechimlarigacha. Oʻzbekistondagi mehmonxonalar. Loyihalar va binolar” mavzusiga bagʻishlangan tadbir Oʻzbekiston Otelyerlar assotsiatsiyasi tomonidan Madaniyat va turizm vazirligi koʻmagida tashkil etilmoqda.
Unda “Radisson”, “Hilton”, “Accor”, “Marriott”, “Wyndham” va boshqa global mehmonxona tarmoqlarining mintaqaviy yetakchilari ham qatnashadi.
Forumda “Tarmoq yetakchilarining yalpi majlisi”, “Mehmondoʻstlik sektorini rivojlantirishda yashil iqtisodiyot: jahon tajribasi”, “Oʻzbekistondagi mehmonxonalar, loyihalar va binolar”, “Taʼlim mehmonxona sohasida kadrlar va taraqqiyotning asosiy manbai sifatida”, “Xalqaro brend tarmoqlari misolida mehmonxona biznesida xizmatlarni avtomatlashtirish”, “Mehmonxonada marketing va PR: daromadni oshirishning asosiy vositasi”, “Xizmat koʻrsatuvchi provayderlar: jamgʻarmalar yoki investitsiyalar. Mehmonxona industriyasini barqaror rivojlantirish, xizmat koʻrsatish, taʼlim va xodimlarni raqamlashtirish mehmonxona industriyasini rivojlantirishning asosiy “lokomotivi” sifatida” kabi dolzarb mavzular muhokama qilinadi.
Qolaversa, forum doirasida II-Milliy mehmondoʻstlik mukofotini topshirish marosimi ham boʻlib oʻtadi. Ushbu loyiha 2022-yilda boshlangan boʻlib, 27 ta mehmondoʻstlik nominatsiyasi taqdim etiladi.
Qayd etish joizki, tadbirda “Mehmondoʻstlik sektorini rivojlantirishda yashil iqtisodiyot: jahon tajribasi” mavzusiga alohida eʼtibor qaratilib, xalqaro ekspertlar tomonidan muhim masalalar koʻrib chiqiladi va takliflar oʻrtaga tashlanadi.
Taʼkidlash kerakki, ushbu tadbir mehmondoʻstlik sohasidagi zamonaviy tendensiyalarni muhokama qilish uchun maydon boʻlib, yetakchi xalqaro ekspertlarni birlashtiradi. Maʼruzachilar va moderatorlar xalqaro ekspertlar, mehmonxona biznesi vakillari, turoperatorlar, marketologlar, mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi provayderlar, global brendlar vakillari sifatida dolzarb mavzularda oʻz tajribalarini baham koʻradilar.
Shu bilan birga, forumda mehmonxona xizmatlarining yetakchi provayderlari boʻlgan HoReCa segmenti uchun toʻliq mahsulot va xizmatlarni taqdim etuvchi Interaktiv B2B koʻrgazmasi tashkil etiladi. Koʻrgazma turli asbob-uskunalar, mebel, interyer buyumlari, professional toʻqimachilik, kiyim-kechak, xavfsizlik tizimlarini avtomatlashtirish va boshqa sohalarni qamrab oladi.
“HOTEL BUSINESS FORUM-2023” tadbiri oldingi forumdagi vazifalari turizmni rivojlantirishni oʻz ichiga olgan boʻlimlar vakillarini jamlashga muvaffaq boʻlgan yagona yirik biznes tadbirdir.
Bu mehmonxona bozorini miqdoriy va sifat jihatidan rivojlantirishning eng dolzarb masalalari boʻyicha hukumat va xususiy sektor oʻrtasida ochiq hamda konstruktiv muloqot oʻtkazish uchun kommunikatsion biznes platformasi hisoblanadi.
Maʼlumot uchun, joriy yilda yana bir qancha operatorlar Oʻzbekiston mehmonxona bozoriga chiqishni rejalashtirmoqda. Xususan, “Holiday Inn”, “Curio Collection by Hilton” Curio Collection by Hilton”, “Intercontinental” 2023-yilning birinchi choragida mehmonxonalarni ishga tushirish boʻyicha yakuniy ishlarni amalga oshirmoqda.
Bu Oʻzbekistonda LEED GOLD (butun dunyoda qoʻllaniladigan yashil binolarni sertifikatlash dasturi) sertifikatiga ega birinchi loyiha boʻladi.
2023-yil yanvar oyi holatiga koʻra, mamlakatimizda 4000 dan ortiq joylashtirish obyektlari faoliyat koʻrsatmoqda, ulardan 2458 tasi mehmon uylari va yotoqxonalar, 1200 dan ortiq mehmonxonalar, 66 tasi sertifikat olgan dam olish maskanlaridir.
“Bu qadamlar Oʻzbekistonda mehmonxona sanoatining barqaror va uzluksiz oʻsishini taʼminlashga qaratilgan”, — deyiladi xabarda.