So`ngi yangiliklar
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Toshkentdagi daraxtkushlik ortidan jinoyat ishi ochildi
“Modern Techno“ MCHJ ga qarashli boʻlgan hududda mavjud 100 ta daraxtning 35 tasi noqonuniy ravishda yoʻq qilingan.
Toshkent shahridagi daraxtkushlik ortidan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Tabiat resurslari vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani, Kamolot mahallasi, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi hududida daraxt kesilishi bilan bogʻliq holat Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan oʻrganilgan.
Oʻrganish natijalariga koʻra, “Modern Techno“ MCHJ ga qarashli boʻlgan hududda mavjud 100 ta daraxtning 35 tasi noqonuniy ravishda yoʻq qilingan. Dastlabki, hisob kitoblarga koʻra, yetkazilgan darar miqdori 192 mln soʻm. Hujjatlar prokuraturaga taqdim etilib, holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.
Maʼlumot uchun, Prezidentning tegishli Farmoniga asosan, noqonuniy kesilgan har bir daraxt va butalar uchun kompensatsiya tarzida qoʻshimcha 100 tup qimmatliligi jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam boʻlmagan, yirik oʻlchamli koʻchat ekish hamda ularni uch yil davomida parvarish qilish boʻyicha qoʻshimcha majburiyatlar yuklatiladi.