So`ngi yangiliklar
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
UzAuto Motors Oʻzbekistonda Chevrolet Onix avtomobillarini seriyali ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi
Kompaniya Chevrolet Onix avtomobilini yiliga 500 ming dona ishlab chiqarishni rejalashtirgan.
Asaka shahridagi “UzAuto Motors” zavodi “Chevrolet Onix” avtomobilini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi. Bu haqda kompaning rasmiy saytida maʼlum qilindi.
Maʼlum boʻlishicha, yangi avtomobil modelining ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyish uchun 5 mingdan ortiq injenerlar jalb qilingan boʻlib, ularning bir qismi Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bitiruvchilaridir. Ular Chevrolet Onix uchun Oʻzbekistondagi 200 dan ortiq korxonada 1 500 dona detallarning ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyishadi.
Yangi Onix Chevrolet Tracker kabi GM (General Motors Global Emerging Merkets) platformasida ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 427,6 mln dollar miqdorida investitsiyalar kiritilgan.
Korxonalarning injenerlik salohiyati va texnik jihozlanishi Chevrolet Onix avtomobilini 50 foizgacha mahalliylashtirishga imkon berdi, yil oxiriga qadar esa 70 foizga yetkaziladi.
Oʻzbekistonda “Onix” avtomobilini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun “Uzavtosanoat” AJ tomonidan mahalliylashtirish boʻyicha yuqori texnologiyali 12 ta yangi loyiha amalga oshirildi.
Shu jumladan, umumiy qiymati 312 mln dollar boʻlgan yangi zavodlar bunyod etildi va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish liniyalari ishga turishilgan. Yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi 4,5 mingga yaqin yangi ish oʻrinlarini yaratish imkonini berdi.
UzAuto Motors Powertrain korxonasida avtomobillarning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri boʻlgan dvigatellar mahalliylashtirilgan. Buning natijasida Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari uchun mahalliylashtirish darajasining umumiy foizi oshiriladi.
Andijon viloyatida noldan boshlab qurilgan yangi “KOVA Foundy” quyuv zavodida zavodida temir quyish qismlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
Korxonada yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotlarning yangi turlarini oʻzlashtirish maqsadida sanoat uchun eng ilgʻor va yangi texnologiyalar, shu jumladan, metallni qayta ishlashning barcha sikllari: eritish, quyish, qoliplash va yuqori aniqlikda ishlov berish joriy etildi.
Yiliga 18 ming tonna quvvatga ega korxona xomashyoning qoʻshilgan qiymatini 10 baravargacha oshiradi va hamda 21 million dollar ehtiyot qismlar importi oʻrnini bosadi.
Bundan tashqari, birinchi marta zamonaviy usulda plastik va kauchuk qismlarni, shu jumladan ekstruziya (texnologik jarayon – bosim ostida quyishning bir turi) usulidan foydalangan holda ishlab chiqarish va qayta ishlash yoʻlga qoʻyilgan.
UzSungwoo zavodida issiq shtamplash yoʻli bilan Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan toʻliq avtomatlashtirilgan metallni qayta ishlash sexining tashkil etilishi Chevrolet Tracker va Onix modellari uchun 214.5 mlrd soʻmga yaqin import oʻrnini bosuvchi 20 turdagi butlovchi qismlarni mahalliylashtirish imkonini berdi.
Eng yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan yangi “UzSungwoo” metallni issiq qayta ishlov berish liniyasi dunyoning yetakchi yetkazib beruvchilarining metallni kesish, issiq presslash va lazerli kesish uskunalari bilan jihozlangan boʻlib, 2,4 million dona metall buyumlar ishlab chiqarishni taʼminlaydi hamda zarur uskunalar sonini 5 barobargacha kamaytirish orqali investitsiyalarni tejaydi.
“Uzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzakov soʻzlagan nuqtida – “Bunday texnologik mahsulot ishlab chiqarishning rivojlanishi, albatta, Oʻzbekistonda yuqori malakali mutaxassislarni shakllantiradi.
UzAuto tuzilmasidagi korxonalarda ishlab chiqarish va boshqaruvning yuqori madaniyati nafaqat avtomobilsozlik va boshqa koʻplab turdosh tarmoqlar rivojiga yangi turtki beradi”. – deb alohida keltirdi.
Amalga oshirilgan loyihalar Oʻzbekiston avtosanoatini yanada rivojlantirish va avtomobil ishlab chiqarish hajmini yiliga 500 ming donaga yetkazish uchun barcha sharoitlarni yaratdi.
Chevrolet Onix — eng yuqori standartlarga javob beradigan zamonaviy avtomobil. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilishidan ancha oldin mashhur boʻlgan barcha kutgan avtomobil.
Yangi model yorqin dizayn, zamonaviy interyer hamda qulaylik va xavfsizlik uchun barcha zarur opsiyalarni oʻzida mujassamlashtiradi.
Avtomobillar komplektatsiyasiga qarab 2 turdagi dvigatel bilan taqdim etiladi:
1,2 litrli 132 ot kuchiga ega turbo dvigatel hamda 6 pogʻonali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan;
1,2 litrli 90 ot kuchiga ega atmosferali dvigatel 5 pogʻonalik mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.
Avtomobil 10,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi, shu bilan birga aralash siklda 100 km uchun faqat 5,9 l va shahar tashqarisidagi yoʻlda 4,7 l sarflaydi.