So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Inson omilisiz oʻz-oʻzidan avtomatik ravishda uzilish holatlari kuzatilmoqda” –Energetika vazirligi vodiyliklardan uzr soʻradi
Soʻnggi kunlarda vodiy viloyatlarining gaz quvurlarida bosimning meʼyordan pasayishi natijasida ayrim hududlardagi xonadonlarning tabiiy gaz taʼminotida uzilish kuzatilmoqda.
Bu esa, oʻz navbatida isteʼmolchilarning elektr energiyasiga boʻlgan talabining keskin oshishiga sabab boʻlmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, elektr energiyasini ishlab chiqarish va uning isteʼmoli oʻrtasidagi meʼyorni taʼminlash, xususan, energotizimda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yirik avariyalarni oldini olish maqsadida vodiy viloyatlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotida qisqa muddatli cheklovlar kiritishga majbur.
Shuningdek, elektr qurilmalarida yuklamaning ortishi natijasida ayrim hududlardagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida inson omilisiz oʻz-oʻzidan avtomatik ravishda uzilish holatlari kuzatilmoqda.
“Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida mutaxassislar tomonidan tegishli choralar koʻrilmoqda. Yuqoridagi holatlar tufayli keltirilayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz”, deyiladi vazirlik xabarida.