So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonning energetika nazorati Bosh prokuror oʻrinbosariga yuklandi
Prezidentning Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida imzolagan qarorida Energetika nazorati boʻyicha Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimi joriy etildi.
Qarorda, Bosh prokurorning yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish sohasida qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga masʼul boʻlgan oʻrinbosari (keyingi oʻrinlarda – Bosh prokuror oʻrinbosari) lavozimi kiritilgan.
Yangi joriy etilgan lavozim Bosh prokuror oʻrinbosariga:
“Oʻzenergoinspeksiya” zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarishga amaliy yordam koʻrsatish;
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyatini muvofiqlashtirish.
Bosh prokuratura ikki hafta muddatda yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.
Shuningdek, “Oʻzenergoinspeksiya” va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini mazkur qaror bilan belgilangan ustuvor yoʻnalishlar asosida yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish masʼuliyati shaxsan energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov va Bosh prokuror oʻrinbosari zimmasiga yuklangan.