So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Turmush oʻrtogʻini farzandlarining oldida oʻldirgan erkakka hukm oʻqildi
Marhumaning otasi sud hukmidan noroziligini taʼkidlagan va sudlanuvchiga umrbod qamoq jazosi berishni soʻragan.
Turmush oʻrtogʻini avvaliga bogʻchada urib, keyinchalik uni farzandlarining oldida vahshiylarcha oʻldirgan erkakka nisbatan hukm oʻqildi.
Maʼlum boʻlishicha, sudlanuvchi qotillikka rashk sabab boʻlganini, tunda kelib gaplashib oʻtirishganda ayolning qoʻlida pichoq boʻlganini aytgan. Erkak pichoqni tortib olishga urinayotganda ayolning boʻyniga bexosdan kirib ketishi uning oʻlimiga sabab boʻlgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Quyi Chirchiq tuman sudining hukmga koʻra, erkak Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) 2-qismining “j” bandi hamda 164-moddaning 1-qismi (bosqinchilik) bilan aybdor deb topilgan hamda unga nisbatan 19 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Marhumaning otasi sud hukmidan noroziligini taʼkidlagan va sudlanuvchiga umrbod qamoq jazosi berishni soʻragan.