So`ngi yangiliklar
Qonun kuchi yetmayotgan — “Qonunsizlar”!
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
Aya Sofiyaning ramziy gumbazi asrlarga bardosh berish uchun qayta tiklanmoqda
UzAuto Motors sotiladi
Oltinning narxi tarixiy rekord darajaga oshdi
Markaziy Osiyolik migrantlar Rossiya oʻrniga Xitoy, Koreya va Yevropani tanlamoqda. Sababi nimada?
Putin Ukraina bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralarni taklif qildi: Kiyev qanday javob qaytaradi?
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
“Mustaqillikning 25 yilligi” koni boʻyicha tuzilgan bitimi shartlari oʻziga xos boʻlib, ular boshqa obyektlarga nisbatan qoʻllanilmaydi» — Gonkong operator-kompaniyasi
“Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiyaviy bloki boʻyicha Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi Bitim operatori boʻlgan “Surhan Gas Chemical Operating Company” MCHJ XK rasmiy bayonot bilan chiqib, ommaviy axborot vositalarini Oʻzbekiston xalqi manfaatlari yoʻlida respublikamizda ochiq tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan horijiy kompaniyalar obroʻsiga putur yetkazmaslikka chaqirdi.

Kompaniyada qayd etilishicha, Gonkongdagi Surhan Investments Limited kompaniyasi Bitimga koʻra investor sanaladi. Ushbu loyiha juda koʻp mablagʻ talab etadi va investorning uni moliyalashtirishga bildirgan roziligi uning Oʻzbekiston Respublikasi taraqqiyotiga va iqtisodiyoti barqarorligiga boʻlgan ishonchini yaqqol namoyon etadi.
“Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiyaviy bloki boʻyicha bitim 2017-yilda imzolangan edi. Garchi 1975-yilda “Oʻzbekneft” birlashmasi tomonidan ilk quduq burgʻulangan boʻlsada, oʻsha paytda konda oʻzlashtirish va qazib olish ishlari olib borilmagan edi.
Kondagi zahiralarni qazib olish qiyin, undagi gaz tarkibida oltingugurt miqdori yuqori, konning oʻzi juda murakkab togʻ-geologik sharoitlari bilan tavsiflangani bois, soʻnggi 40 yil ichida kondan foydalanishning imkoni boʻlmadi. Bu maʼlumotlarni DeGolyer & MacNaughton xalqaro kompaniyasi ham tasdiqlaydi.
Investor bu yerda geologiya qidiruv ishlarini olib borish, konni oʻzlashtirish, zavod va zarur infratuzilmani qurish majburiyatini oʻz zimmasiga oldi. Loyihaga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi 2 mlrd dollardan ortiq deb baholanmoqda. Ayni damda, investor Mahsulot loyihaga oid barcha moliyaviy va geologik xavflarni ham oʻz zimmasiga oladi.
Ushbu barcha qiyinchiliklarni hamda bunday sharoitda loyihani amalga oshirish uchun koʻp yil kerakligini hisobga olib, Bitimga 35 yillik muddat sharti kiritildi. Ayni damda ushbu shart Oʻzbekiston Respublikasidagi boshqa konlar va bloklarga nisbatan qoʻllanilmaydi. U faqat “Mustaqillikning 25 yilligi” koniga nisbatan amal qiladi.
Qayd etish joizki, loyihaning amalag oshirilishi davlat tomonidan qatʼis nazorat qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasining “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, Bitimga oid barcha ishlar Oʻzbekiston Respublikasida taʼsis etilgan Operator tomonidan olib boriladi.
Gazni qayta ishlash zavodi qurilishi tugatilib, gaz olish ishlari boshlanganidan soʻng gazni sotishdan olinadigan daromad (soliqlar toʻlanganidan va harajatlar qoplanganidan keyin) Oʻzbekiston Respublikasi va investor oʻrtasida 50 ga 50 hisobida taqsimlanadi. Yuqori moliyaviy koʻrsatgichlarga erishilgan taqdirda, Davlatning ulushi 80%ni tashkil etadi.



