Qidirish

14:39 / 2023-02-15 370 1 Jamiyat

“Oʻzbekistondagi barcha gaz va neft konlari davlat mulki boʻlgan va shunday boʻlib qoladi” — SANEG

“Sanoat energetika guruhi” MCHJ oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ochiq, oshkora olib boradi.

world-news

“Sanoat energetika guruhi” kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan maʼlumotlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Shu kunlarda bir qator xorijiy ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston energetika tizimi haqida notoʻgʻri maʼlumotlar tarqatilmoqda. Bu esa ushbu sohada faoliyat yuritayotgan kompaniyalar obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda”, — deyiladi xabarda.

Munosabatda aytilishicha, Oʻzbekistondagi barcha gaz va neft konlari davlat mulki boʻlgan va shunday boʻlib qoladi. “Sanoat energetika guruhi” esa tegishli litsenziyalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiradi. Kompaniya Oʻzbekiston Respublikasida neft qazib olishni koʻpaytirish dasturi doirasida ish olib boradi.

Kompaniya bergan maʼlumotga koʻra, bugungi kunda SANEGʻda 10 mingdan ortiq Oʻzbekiston fuqorolari ishlamoqda, shuningdek, 200 ga yaqin yuqori malakali xorijiy mutaxassislar jalb etilgan.

2020-2022-yillarda neft qazib olishni koʻpaytirish dasturi doirasida kompaniya 540 million dollardan ortiq sarmoya kiritgan. Buning natijasida suyuqlik ishlab chiqarish hajmini 42 foizga oshirish borasida ishlarni amalga oshirmoqda.

Neft va gaz kondensati butun hajmi Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida qayta ishlanadi va keyinchalik ichki bozorga yetkazib beriladi.

Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6167-son qaroriga asosan modernizatsiyaga muhtoj boʻlgan Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi auksionga qoʻyilgan.

Auksion tashkilotchisi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Niderlandiyaning KPMG xalqaro kompaniyasini jalb qilgan holda oshirdi.

Bitimning huquqiy yordami Dentons (AQSH) tomonidan amalga oshirildi. Tanlovda 3 nafar arizachi ishtirok etdi. Natijada ushbu korxonadagi davlat ulushini “Sanoat energetika guruhi” qoʻlga kiritdi va u yanada qulayroq shartlarni taklif qildi.

Korxonani modernizatsiya qilish dasturi ishlab chiqilgan boʻlib, unda ish oʻrinlarini saqlab qolish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, oʻz mahsulotlarini qayta ishlash hajmini oshirish, ijtimoiy masʼuliyat choralari koʻrilgan.

Dasturning umumiy qiymati 400 million dollarni tashkil etadi. Dasturni moliyalashtirishda davlatning ishtiroki taʼminlanmagan. 2021-2022-yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga 156 million dollar sarmoya kiritildi. Ish davom etmoqda. SANEG kompaniyasi “Qorakoʻl” erkin iqtisodiy zonasida zamonaviy gaz-kimyo klasterini yaratishda ham investor sifatida ishtirok etmoqda.

Ushbu loyiha faqat kompaniyaning oʻz mablagʻlari hamda jalb qilingan bozor kreditlari va investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladi. Davlat mablagʻlari ishlatilmaydi. Ayni paytda investor tomonidan qariyb 390 million dollar sarmoya kiritilib, qoʻshimcha 2600 ish oʻrni yaratiladi.

Byudjetga ajratmalarning prognoz koʻrsatkichi 2026-yildan boshlab yiliga 570 million dollarni tashkil etadi. “Sanoat energetika guruhi” MCHJ oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ochiq, oshkora olib boradi.

Korxona jamoasi yaqin kelajakda suyuq uglevodorodlar ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirish va korxona oldiga qoʻyilgan barcha vazifalarni bajarish uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda.

Kompaniya xalqi farovonligi yoʻlida sohani rivojlantirish, Oʻzbekiston yoshlarini kasb-hunarga oʻrgatish, oʻz xodimlari va ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlashda davom etadi”, — deyiladi munosabatda.

Izohlar 0

Fikr bildirish