So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Тошкентда VI анъанавий Гидлар форуми ўтказилади
Tadbir “Ekskursiya faoliyati: hamkorlik va innovatsiyalar” mavzusiga bagʻishlanadi.
21-fevral kuni Toshkentdagi “Raddison Blu” mehmonxonasida “Oʻzbekiston Gidlari forumi – 2023” VI anʼanaviy Gidlar forumi oʻtkaziladi.
Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda Madaniy meros obyektlari muammolarini oʻrganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilmoqda.
Taʼkidlash joizki, tadbir “Ekskursiya faoliyati: hamkorlik va innovatsiyalar” mavzusiga bagʻishlanadi.
Ushbu forum hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini rivojlantirishga turtki boʻladi, ekskursiya jamoatchiligiga innovatsion texnologiyalar va yangi taʼlim loyihalarini taqdim etadi.
Maʼlumot uchun, 21-fevral – Xalqaro gidlar kuni hisoblanadi.