So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
“Darkor 22” Iqtisodiyot Assambleyasining hamkori boʻldi
“Darkor 22” Rekruterlik agentligi Oʻzbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi hamkorlari safiga kirdi.

“Darkor 22” Rekruterlik agentligi Oʻzbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi hamkorlari safiga kirdi.
Bu haqda 4-fevral kuni SMM mutaxassislari va ish beruvchilar ishtirokida oʻtkazilgan netvorking uchrashuvida Assambleya rahbari Muxtor Umarov maʼlum qildi.
Bu hamkorlik doirasida “Darkor 22” rekruterlik agentligi Assambleyaga aʼzo korxona va tashkilotlarga rekruterlik (ishchi yollash) va kasbga oʻqitish xizmatlarini koʻrsatadi.
Uchrashuvda, shuningdek, ish beruvchi va kadrlar, xususan, SMM mutaxassislari oʻrtasida paydo boʻlgan muammolarga alohida eʼtibor qaratildi. Bu qizgʻin bahs-munozaraga sabab boʻldi.
Shuningdek, tadbirkorlar SMM mutaxassislarining oʻz vazifalarini hamon toʻliq tushunib yetmaganidan norozi boʻlishsa, SMM mutaxassislari sotuv jarayoniga sohaning aloqasi yoʻqligini hamda barcha yoʻnalishlar: kopirayter, targeting, mobilograf vazifalarini bir nafar mutaxassis bajarolmasligini taʼkidlab oʻtishdi.
Tadbir yakunida mavzu yuzasidan turli fikrlar bildirilib, Agentlik tomonidan SMM mutaxassislari uchun maxsus amaliyot kurslari tashkil etishga qaror qilindi.



