So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Murojaatlarning 18 tasi joyida ijobiy hal etildi” – Samarqand prokurori Pastdargʻomda sayyor qabul oʻtkazdi
Kecha, 9-dekabr kuni Samarqand viloyati prokurori Jahongir Hatamov tomonidan Pastdargʻom tumani “Samarqand ” mahallasida joylashgan tuman hokimligida aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ochiq muloqot qilish, oʻz yechimini topmayotgan muammo va takliflarni joyida oʻrganib, ijobiy hal etish maqsadida ommaviy sayyor qabul oʻtkazilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, qabulda 28 ta murojaat kelib tushdi, ushbu murojaatlarning 21 tasi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga, 5 tasi tergovga qadar tekshiruv yoʻnalishiga, 2 tasi boshqa masalalarga doir boʻlgan.
Taʼkidlanishicha, mazkur murojaatlarning 18 tasi joyida ijobiy hal etildi, 10 ta murojaatlar nazoratga olinib, muddat belgilangan holda mutasaddi tashkilotlarga yoʻnaltirilgan.



