So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda avariya holatiga kelib qolgan uyni qurgan odam qamoqqa olingan
Barpo etilgan uy ekspertizadan oʻtkazilgan va uning xulosasiga koʻra, qurilishning bir nechta talablari buzilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda yangi qurilgani aytilgan koʻp qavatli uy devorlari ichidan darz ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi munosabat bildirdi.
Maʼlum boʻlishicha, Mirzo Ulugʻbek tumanining Magʻrur koʻchasidagi 55B-uy 2017-yilda fuqaro B.Zokirov tomonidan oʻzi va oila aʼzolarining yashashi uchun yakka tartibdagi uy-joy sifatida qurilgan va fuqarolarga alohida kvartira sifatida oʻzboshimchalik bilan rekonstruksiya qilingan va sotilgan.

Qayd etilishicha, barpo etilgan uy ekspertizadan oʻtkazilgan va uning xulosasiga koʻra, qurilishning bir nechta talablari buzilgan. Bino seysmik zonada qurilish oʻtkazish talablariga javob bermasligi ham aniqlangan. Hozir uy avariya holatida.

Fuqarolarga aldov yoʻli bilan uy sotgan B.Zokirov esa 2022-yilning iyun oyida JKning 186-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlari (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatishda odamlar oʻlimiga, boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishi), 168-modda 4-qismi “a” bandi (juda koʻp miqdorda firibgarlik) va 229-moddalari (oʻzboshimchalik) bilan aybli deb topilgan va 8 yilu 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

“Ayni vaqt fuqarolarga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida sud organi tomonidan kompensatsiya pulini undirish uchun sud jarayonlari davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.