So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistondan Turkiyaga insonparvarlik yordami yigʻish vaqtincha toʻxtatildi – Savdo-sanoat palatasi
Oʻzbekistondan zilzila sabab jabr koʻrgan Turkiyaga insonparvarlik yordami qabul qilish vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
“Biz insonparvarlik yordami yigʻishni vaqtincha toʻxtatishga majbur boʻldik. Barcha hududiy boʻlinmalardan yuklar kelib tushayotgani sababli ularni saralash, qadoqlash va joʻnatishga tayyorlash qoʻshimcha vaqt talab etmoqda. Gumanitar yordam yigʻish qayta boshlangani va Turkiyaga yetkazilishi zarur boʻlgan mahsulotlar roʻyxatini yana eʼlon qilamiz. Har tomonlama yordam berganingizdan minnatdormiz”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, oʻzbekistonliklar yordami bilan birodar turk xalqi uchun kerakli mahsulotlar bilan toʻldirilgan 25 ta yuk mashinasi Turkiya joʻnab ketgan.