So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
“Aslida 20 mlrd soʻm ajratilgan edi” — Nazarbekov xarid qilingan 14 mlrd soʻmlik avtomobil haqida maʼlumot berdi

Milliy matbuot markazida Madaniyat vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda joriy yilda amalga oshiriligan ishlar, kelgusi rejalar tahlil qilindi.
Shu bilan birga sohadagi baʼzi kamchiliklarga ham toʻxtalib oʻtildi. Xususan, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov davlat tadbirlarida madaniyat sohasi vakillari bepul xizmat qilayotgani, sohani rivojlantirish uchun menedjerlar yetishmayotganligiga ham alohida eʼtibor qaratdi.
Tadbirda, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻlgan Madaniyat vazirligi tomonidan xarid qilingan 14 mlrd soʻmlik mashina haqida ham maʼlumot berildi. Vazirning aytishicha, sohada zamonaviy texnikalarga ega boʻlgan maxsus avtomobilni sotib olish uchun aslida davlat tomonidan 20 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan.
“Bu Madaniyat vaziriga topshiriq sifatida berilgan. Yaʼni sohada maxsus avtomobil sotib olish uchun aslida 20 mlrd soʻm ajratilgan edi. Biz buni 14 mlrd ga tushirib, arzonroq qilib, koʻrib-bilib, narxi boʻyicha talashib sotib olganmiz. Hali ular qoʻlimizga yetib kelganicha yoʻq, yaqin kunlarda keladi. Va shuni baralla ayta olaman, biz xarid qilayotgan mashina yaqin qoʻshni davlatlarda ham yoʻq”,- deydi vazir.
Nazarbekovning taʼkidlashicha, mazkur transport vositalari texnikalarga boy va juda qulay. Agar aynan oʻsha mashinalarda eng chekka hududlarga borib, konsert tashkil qilinishi kerak boʻlsa, oʻsha joyning oʻzida 20 daqiqadan soʻng konsertni boshlab, xonandani sahnaga taklif qilish mumkin.
“Ushbu mashinalarda 20 daqiqa ichida barcha texnik ishlar qilinib, konsertni boshlash mumkin. Uni oʻzida sahnasi bor, ovoz kuchaytirgichlaridan tortib, ekranlarigacha boʻladi. U zamonaviy koʻrinishdagi katta saroylarni, deylik, “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyining huddi kichraytirilgan sahnasidek boʻladi” — deb qoʻshimcha qildi Ozodbek Nazarbekov.



