So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qozogʻiston-Rossiya chegarasida komuflyaj kiygan 4 nafar oʻzbekistonliklar qoʻlga olindi
Ular Rossiyaning qora roʻyxatiga kiritilganlaridan soʻng, bu ishni qilishga majbur boʻlishgan.
4-fevral kuni Aqtoʻbe viloyatida Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi chegara xizmati xodimlari davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtishda gumon qilingan toʻrt nafar oʻzbekistonlikni qoʻlga oldi.
Xabarga koʻra, ushbu shaxslar 2023-yil yanvar oyida Oʻzbekistondan Qozogʻistonga qonuniy ravishda kelgan va Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun ketishni rejalashtirgan.
“Shu bilan birga, ushbu fuqarolarning Rossiya Federatsiyasiga kirishi taqiqlanganligi munosabati bilan tungi vaqtda nazorat-oʻtkazish punktlarini chetlab oʻtib, kamuflyaj kostyumlaridan foydalangan holda chegarani kesib oʻtishga urinishgan”, — deyiladi xabarda. Yuqoridagi fakt yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Qozogʻiston qamoqxonalaridagi xorijlik mahbuslarning yarmini oʻzbekistonliklar tashkil etishi xabar qilingandi.
Oʻzbekistondagi qamoqxonalarda 20 nafar qozogʻistonlik, Qozogʻistondagi qamoqxonalarda esa 486 nafar Oʻzbekiston fuqarosi bor.