So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Sian-Toshkent-Sian toʻgʻridan-toʻgʻri reysi yoʻlga qoʻyilmoqda
2020-yilning 10-yanvar kuni aviakompaniya tomonidan Chendu — Toshkent — Chendu birinchi charter reysi yoʻlga qoʻyilgan.
Xitoyning “Zhejang Loong Airlines Co.Ltd” aviakompaniyasi Sian – Toshkent – Sian yoʻnalishi boʻyicha parvozlarni tiklamoqda.
Taʼkidlash kerakki, pandemiya tufayli aviakompaniya reyslari vaqtincha toʻxtab qolgan edi. 2023-yilning 10-fevralida esa pandemiyadan keyingi birinchi parvoz amalga oshiriladi.
Qayd etish joizki, muntazam parvozlar “Airbus A320” samolyotlarida haftada bir marta — juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun, “Zhejang Loong Airlines Co.Ltd.” aviakompaniyasining Sian – Toshkent – Sian yoʻnalishi boʻyicha ilk charter reysi 2019-yilning 27-sentyabrida amalga oshirilgan. Oʻshanda 173 kishiga moʻljallangan “Airbus A320” samolyoti Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʻngan.
Qolaversa, aynan “Zhejang Loong Airlines Co.Ltd” aviakompaniyasi hamkorligida Xitoyning Sian, Xanchjou kabi shaharlarida Oʻzbekistonning turistik salohiyati targʻib qilindi.
Shuningdek, 2020-yilning 10-yanvar kuni aviakompaniya tomonidan Chendu — Toshkent — Chendu birinchi charter reysi yoʻlga qoʻyilgan.
Maʼlumot oʻrnida “Zhejang Loong Airlines Co.Ltd” aviakompaniyasi 2012-yilda tashkil topgan.