So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistondan Turkiyaga 71 nafar qutqaruvchilar va gumanitar yordam joʻnatildi
Oʻzbekistondan borgan qutqaruvchilar tomonidan 13 nafar jarohatlangan va 38 nafar halok boʻlganlar vayronalar ostidan olib chiqildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga binoan mamlakatimiz maxsus borti halokatli zilzilalar natijasida jabrlanganlarga shoshilinch yordam koʻrsatish maqsadida Gaziyantep shahriga (Turkiya) yetib keldi, deya xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi.
Maʼlum boʻlishicha, bortda umumiy soni 71 kishidan iborat qoʻshimcha qidiruv-qutqaruv va tibbiyot xodimlari guruhi bilan bir qatorda, navbatdagi gumanitar yordam partiyasi ham yetkazildi.
“Jabrlanganlarga yordam berish maqsadida Mudofaa vazirligi tibbiy otryadining 50 nafar xodimi xizmat qiladigan bir gektar maydonga toʻqqizta alohida boʻlinmadan iborat koʻchma shifoxona majmuasini joylashtirish rejalashtirilgan.
Ushbu dala shifoxonasi Oʻzbekistondan keltirilgan barcha zarur tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar bilan toʻliq taʼminlanadi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etish joiz, Oʻzbekistondan borgan qutqaruvchilar tomonidan 13 nafar jarohatlangan va 38 nafar halok boʻlganlar vayronalar ostidan olib chiqildi.
Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, Turkiyada zilzila qurbonlari soni 12 873 kishiga yetdi, 62 937 kishi jarohat oldi.
Oʻzbekistondan borgan qutqaruvchilar tomonidan 13 nafar jarohatlangan va 38 nafar halok boʻlganlar vayronalar ostidan olib chiqildi.