So`ngi yangiliklar
Qonun kuchi yetmayotgan — “Qonunsizlar”!
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
Aya Sofiyaning ramziy gumbazi asrlarga bardosh berish uchun qayta tiklanmoqda
UzAuto Motors sotiladi
Oltinning narxi tarixiy rekord darajaga oshdi
Markaziy Osiyolik migrantlar Rossiya oʻrniga Xitoy, Koreya va Yevropani tanlamoqda. Sababi nimada?
Putin Ukraina bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralarni taklif qildi: Kiyev qanday javob qaytaradi?
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Abduqodir Moʻminov ishi boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
“Koʻzgu” axborot agentligi jurnalisti ikki modda boʻyicha ayblanmoqda.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati “Koʻzgu” axborot agentligi jurnalisti Abduqodir Moʻminov ishi boʻyicha rasmiy maʼlumot berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Toshkent shahar IIBBga fuqaro E.Z. ariza bilan murojaat qilib, blogerlik bilan shugʻullanuvchi Abduqodir Moʻminov ismli shaxsning harakatlariga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Tergov maʼlumotlarida keltirilishicha, Moʻminov 2021-yilning oktyabr oyida tanqidiy videolavhalar tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish orqali fuqaro E.Z.ning ukasi D.Yu.ning nomiga rasmiylashtirilgan MCHJ bilan bogʻliq holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB Tergov boʻlimi ish yurituvidagi jinoyat ishini ijobiy hal etishga IIB xodimlarini goʻyoki majbur qila olishini aytib, shu orqali E.Z.ning ishonchiga kirib, oʻzining xizmatlari uchun jami 10.000 (oʻn ming) AQSH dollarini soʻrab, shundan 3.800 (uch ming) AQSH dollarini oldindan olgan. Lekin u bergan vaʼdasini bajarmay, olgan pullarni oʻz ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Bundan tashqari, 2021-yilning oktyabr oyida A.Moʻminov Jizzax viloyatida fuqaro A.T. bilan uchrashib, uning rahbarligi ostidagi tashkilot toʻgʻrisida salbiy yoʻsinda videolavha tayyorlaganini, ushbu materialni oʻzining “Koʻzgu” nomli ijtimoiy tarmoq sahifasi orqali tarqatadigan boʻlsa, tashkilot rahbariyatiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olinishini aytib, A.T.ni oʻz mulkini berishga majbur qiladigan sharoitga solib, A.T.dan ushbu maʼlumotlarni sir saqlashi uchun 70.000 AQSH dollari soʻragan.
Fuqaro A.T. oʻz koʻrsatuvlarining tasdigʻi sifatida A.Moʻminov bilan oʻrtasidagi soʻzlashuvlar audio yozuvini taqdim etgan va unga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.
Mazkur holatlar yuzasidan A.Muminovga nisbatan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”), 165-moddasi (“Tovlamachilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. A.Muminov protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, 2022-yilning 23-dekabr kuni taxminan soat 22:30 larda fuqaro Abduqodir Moʻminov “102” raqamiga qoʻngʻiroq qilib, Yashnobod tumanida nomaʼlum shaxslar uni urib tan jarohati yetkazib, unga tegishli boʻlgan “Samsung S21 Ultra” rusumli uyali aloqa vositasini olib ketilgan. Voqea joyidan 5 dona qoʻl barmoq izi va 1 beysbol bitasi daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olingan.



