So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Turkiyada bedarak yoʻqolgan yana bir Oʻzbekiston fuqarosi topildi
Migratsiya boʻlimlarida saqlangan tabiiy ofat qurbonlari orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻq, omon qolganlar Turkiyaning xavfsiz hududlariga olib ketilgan.
8-fevral kuni dahshatli zilzila epitsentri boʻlgan Turkiyaning Qahramonmarash viloyatida vayronalar ostidan yana bir Oʻzbekiston fuqarosi tirik holda topildi.
Qutqaruvchilar bedarak yoʻqolganlar roʻyxatiga kiritilgan Rashid Boybekovni olib chiqib ketishgan. Oʻzbekiston fuqarosi Şütçu İmam Üniversitesi Tıp Fakults shifoxonasiga yotqizildi, unga zarur yordam koʻrsatilmoqda.
Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi xodimlari Turkiya migratsiya xizmatining zilziladan jabr koʻrgan Kayseri va Malatya shaharlaridagi boʻlimlari vakillari bilan bogʻlandi.
Turkiya tomonining maʼlum qilishicha, migratsiya boʻlimlarida saqlangan tabiiy ofat qurbonlari orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻq, omon qolganlar Turkiyaning xavfsiz hududlariga olib ketilgan. Oʻzbekistonliklar yashashi uchun barcha sharoitlarga ega koʻchma uylarga vaqtincha joylashtirildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq oʻzbekistonlik sportchilar Turkiyadagi zilzila oʻchogʻidan oʻz vatanlariga qaytarilgani haqida xabar berilgandi. Turkiya tomoni kurash boʻyicha yoshlar terma jamoasini qaytarish ishlarida faol ishtirok etdi.