So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Biznes-ombudsman koʻmagida tadbirkorning 330 million soʻm mablagʻi qaytarildi
Ishga biznes-ombudsman qoʻshilganidan soʻng, tadbirkorning manfaati himoya qilindi.
“Fast service” MCHJ (nomi oʻzgartirilgan) Biznes-ombudsmanga eksport hisobiga QQS boʻyicha yuzaga kelgan salbiy farq belgilangan tartibda jamiyat hisob-raqamiga qaytarib berilmayotganligidan norozi boʻlib biznes-ombudsmanga murojaat yoʻllagan.
Aniqlanishicha, jamiyatning arizasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqilib, 300 million soʻm QQSning salbiy farq summasi qoplab berilishi yuzasidan xulosa Moliya vazirligiga yuborilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi “Qoʻshilgan qiymat soligʻi hamda chet el yuridik shaxslari bilan bogʻliq soliq maʼmurchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 489-sonli qaror bilan “Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlangan.
Mazkur nizomning 31-bandida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi DSQ axborot tizimi orqali soliq organlarining xulosasini olgandan soʻng Davlat byudjeti mablagʻlari doirasida bir kunda avtomatik tarzda soliq summasini soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazilishi belgilab oʻtilgan boʻlsada, mabagʻ qaytarilmasligi tadbirkor faoliyatida bir qator qiyinchiliklar tugʻdirgan.
Biznes-ombudsman tomonidan koʻrilgan amaliy choralar natijasida tadbirkor hisob raqamiga 330 million soʻm qaytarilishiga erishilgan.