So`ngi yangiliklar
Qonun kuchi yetmayotgan — “Qonunsizlar”!
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
Aya Sofiyaning ramziy gumbazi asrlarga bardosh berish uchun qayta tiklanmoqda
UzAuto Motors sotiladi
Oltinning narxi tarixiy rekord darajaga oshdi
Markaziy Osiyolik migrantlar Rossiya oʻrniga Xitoy, Koreya va Yevropani tanlamoqda. Sababi nimada?
Putin Ukraina bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralarni taklif qildi: Kiyev qanday javob qaytaradi?
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Qoraqalpoq voqealari. Buxoroda qamoqqa olingan 39 kishiga nisbatan sud boshlandi
Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi D. Razov raisligida birinchi instansiya sudida koʻrib chiqilmoqda.

Bugun Buxoro viloyat sudi binosida 2022-yil 1-2-iyul kunlari Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni boshlandi.
Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi D. Razov raisligida birinchi instansiya sudida koʻrib chiqilmoqda.
Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga koʻra sudlanuvchilar:
Alыmbay Mыrzambetov (1979-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz),
Dauletkeldi Nadirbayev (1988-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, AT “Xalq banki” Taxtakoʻpir filiali yuristi),
Kamal Yeshjanov (1999-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz),
Muratbay Pirlepesov (1978-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, yakka tartibdagi tadbirkor),
Adilbek Sariyev (1985-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, yollanma ishchi),
Nusret Bauyetdinov (1970-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz),
Alysher Sharapov (1989-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishchi),
Ongarbay Mamutov (1966-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, 2-guruh nogironi),
Zamirbek Tadjimuratov (1988-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz),
Timurbek Ismailov (1997-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, 12-sonli maktab oʻqituvchisi),
Rasul Sultaniyazov (1990-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Trans Less” MCHJ ishchisi),
Omirbek Kurbanov (1986-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanadi),
Raximjan Jumabayev (1992-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, taksi haydovchisi),
Abzal Naurыzbayev (1996-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi),
Nurmuxammed Genjebayev (2004-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz),
Islambek Aitmuratov (1993-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Qoʻngʻirot vagon deposi vagon tekshiruvchisi),
Aydos Yesemuratov (1993-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz),
Kuanыshbay Begaliyev (1989-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Trans yoʻl qurilish” MCHJ haydovchisi),
Manas Raxmanov (1993-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – oʻzbek, “Zarqand” qandolatchilik mahsulotlari korxonasi agenti),
Amantay Seytmuratov (1976-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) 3-qismi;
Polat Yesengeldiyev (1989-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ vagon kuzatuvchisi),
Oralbay Dosnazarov (1977-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – oʻzbek, “Nыzam ustinligi” AH advokati),
Islam Polatov (1999-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz),
Sharapat Ashirbekov (1979-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz),
Daoʻranbek Ramanov (1996-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz),
Abdimalik Xojanazarov (1974-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Yel xыzmetinde” gazetasi bosh muharriri boʻlib ishlagan),
Yesimqan Qanaatov (1981-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Ishonch” gazetasi muxbiri) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “a”, “g” bandlari;
Rustam Dosыmbetov (1985-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz),
Kongratbay Bekpolatov (1985-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Berdi-Trans” MCHJ haydovchisi),
Ruslan Baimbetov (1988-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Davlet Trans” MCHJ haydovchisi),
Quanыshbay Baxiyev (1988-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shugʻullanadi),
Islam Saparov (1989-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shugʻullanadi),
Nuratdiyin Xabipov (1992-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Milliy gvardiya Nukus shahar qoʻriqlash boʻlimi safdori boʻlib ishlagan),
Zairbek Pirjanov (1986-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Nukus shahridagi Prezident maktabi haydovchisi) Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) 3-qismi “a” bandi va 244-moddasi 3-qismi;
Nursultan Duysenbayev (1998-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qozoq, mavsumiy ishchi),
Nursultan Baylepesov (1993-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, haydovchi),
Alpamыs Jumabekov (1994-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, mavsumiy ishchi),
Azamat Allanazarov (1997-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, yoʻnalishli taksi haydovchisi) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 244-moddasi 3-qismi va 247-moddasi (oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash) 3-qismi “a” bandi;
Asыlbek Omirzakov (1991-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qozoq, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanadi) Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonchilik) 2-qismi “a”, “v” bandlari va 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Barcha sudlanuvchilarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.



