So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Mendirman Jaloliddin” serialida buyuk tarixiy shaxs siymosini gavdalantirish imkoniga ega boʻldim» — Sezgin Erdemir
Serialda Jaloliddin Manguberdining ustozi Temir Malikning gavdalantirgan turk aktyori intervyu berdi.
“Mendirman Jaloliddin” serialida “Temur Malik” rolini ijro etgan turk aktyori Sezgin Erdemir oʻz obrazi haqida fikr bildirdi.
“Mendirman Jaloliddin» serialida buyuk tarixiy shaxs — Temur Malik siymosini gavdalantirish imkoniga ega boʻldim. Bu obrazning oʻziga xos jihatlari shundaki, bugun ham, tarixda ham Temur Malik singari sadoqatli, zakiy insonlar hamisha qadrlangan va davlat boshqaruvi, elchilik masalalari, harbiy yurishlarda katta rol oʻynashgan”, — dedi aktyor.
U Temur Malik siymosini yaratishda, uning qaysi jihatlariga eʼtibor berganini aytdi.
“Temur Malik siymosini jonlantirish asnosida nafaqat ayni shu obraz, balki har bir davrda oʻz vazifasiga masʼul, unga ishonganlarga aslo xiyonat qilmaydigan, yelkasini tuta oladigan, suyanadigan qahramonlar, mard insonlarning xarakterini ochib berishga harakat qildim.
Suratga olish jarayonlarida oʻzbek aktyor, aktrisalari bilan hamkorlikda ishlash juda maroqli boʻldi. Boshqa-boshqa tillarda gaplashsakda, bir-birimizni tushunib, oʻz rollarimizni sidqidildan ijro etdik.
Suratga olish jarayonlari boshlanishi bilan barchamiz qaysi yurtdanligimiz, tillarimiz farqli ekanligini unutib, obrazga kirishamiz, chegara bilmas tuygʻular oʻrtaga chiqadi va hamma oʻz obrazida yashashni boshlaydi.
Oʻylaymanki, “Temur Malik” obrazi orqali Jaloliddinning ustozi, har ishda maslahatchisi va eng ishongan, suyangan doʻsti boʻlgan yana bir xalq qahramonini jonlantirganim tomoshabinlarga manzur boʻladi”, — dedi Erdemir.
Maʼlumot uchun, 14-yanvar kuni Madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan suratga olingan “Mendirman Jaloliddin” tarixiy serialining ikkinchi mavsumi premyerasi boʻlib oʻtdi.