So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
“Bukhara City” majmuasida 4 yulduzli mehmonxona foydalanishga topshirildi
Mehmonxonaning loyiha qiymati 85 mlrd soʻmni tashkil etadi. Mehmonxona 105 xonadan iborat boʻlib, 200 oʻringa moʻljallangan va 51 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.
“Bukhara City” majmuasida 4 yulduzli “Turon City Plaza” mehmonxonasi foydalanishga topshirildi. Bu majmuada foydalanishga topshirilgan ilk inshootdir, deb xabar bermoqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, mehmonxonaning loyiha qiymati 85 mlrd soʻmni tashkil etadi. Mehmonxona 105 xonadan iborat boʻlib, 200 oʻringa moʻljallangan va 51 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.
Eʼtiborlisi, ishchi-xodimlarning aksariyat qismi turizm texnikumi bitiruvchilari sanaladi. Taʼkidlash kerakki, “Turon City Plaza”da imkoniyati cheklangan mehmonlar uchun alohida xonalar va infratizim yaratilgan.
Shuningdek, nozik didli xorijlik va mahalliy sayyohlarning barcha xohish va istaklari inobatga olinib, ularga turli sayohatlar uyushtirish uchun mikroavtobus, avtoturargohlar tashkil etilgan.
Qolaversa, mehmonxonadagi musiqiy favvora, restoran, zamonaviy SPA-markazi, fitnes klub, ochiq va yopiq suv havzalari, “fitobar” har bir mehmonning boʻsh vaqti mazmunli oʻtishini taʼminlaydi.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, “Bukhara City” majmuasida 1 ming 717 ta savdo doʻkoni, 36 ta umumiy ovqatlanish, shuningdek, yuzdan ortiq maishiy va texnik xizmat koʻrsatuvchi shaxobcha, avia va temir yoʻl kassasi, bank filiallari, koʻngilochar va axborot markazlarini oʻz ichiga olgan “Karvon Shopping Centre” savdo majmuasi foydalanishga topshirilish arafasida.
Bundan tashqari, “Big Large” MCHJ tomonidan bunyod etilgan 9 qavatli va 80 ta xonadonli, “Story samo” MCHJga qarashli 9 qavatli va 49 ta xonadonli hamda 7 qavatli 35 ta xonadonli, “Buxoro temir-beton kombinati” MCHJga qarashli 9 qavatli va 64 ta xonadonli, “Bravo lider” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan 2 ta 9 qavatli va 128 xonadondan iborat zamonaviy turar-joy binolarining qurilish ishlari yakunlanmoqda.
Hozirgi kunda, shuningdek, 26 nafar mulkdor tomonidan turar joy binolari, maktabgacha taʼlim va tibbiyot muassasalari, xususiy universitet, IT-Park, mehmonxona, restoran kabi 32 ta inshoot ham qurilmoqda.