So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Avtomaktablar potensial “qotillar”ni emas, malakali va professional haydovchilarni tayyorlashi lozim” — Ulugʻbek Qosimov
Qosimov mutasaddilarga viloyatdagi barcha avtomaktablar faoliyatini oʻrganishni buyurdi.
Surxondaryo viloyati hokimi kecha, 4-fevral kuni Termiz shahridagi “Avto havaskor” MCHJning avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish faoliyatini amalga oshruvchi avtomaktab taʼlim muassasasi bilan tanishdi.

Viloyat hokimi mutasaddilarga viloyatdagi barcha avtomaktablar faoliyatini oʻrganib, taʼlim berish tizimini doimiy nazorat qilish, tizimda korrupsiya holatlarini oldini olish, potensial “qotillar”ni emas, malakali va professional haydovchilarni tayyorlash boʻyicha vazifalarni belgilab berdi.

Shu yerning oʻzida masʼullar bilan shahar va tumanlarda jamoat transportini rivojlantirish borasida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilinib, amalga oshirilayotgan ishlar hususida axborotlar tinglandi.