So`ngi yangiliklar
Qonun kuchi yetmayotgan — “Qonunsizlar”!
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
Aya Sofiyaning ramziy gumbazi asrlarga bardosh berish uchun qayta tiklanmoqda
UzAuto Motors sotiladi
Oltinning narxi tarixiy rekord darajaga oshdi
Markaziy Osiyolik migrantlar Rossiya oʻrniga Xitoy, Koreya va Yevropani tanlamoqda. Sababi nimada?
Putin Ukraina bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralarni taklif qildi: Kiyev qanday javob qaytaradi?
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Qoraqalpogʻistonning birinchi va yagona prezidentining oʻgʻli vafot etdi
U Qoraqalpogʻistondagi tartibsizliklarda ishtirok etganlikda ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.

Qoraqalpogʻiston IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi boʻlimining sobiq boshligʻi, Qoraqalpogʻistonning birinchi va yagona prezidentining oʻgʻli Polat Shamshetov Nukus voqealari boʻyicha hukm chiqarilgandan koʻp oʻtmasdan, bugun, 4-fevral kuni taxminan yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga Nukusdagi bir nechta manbalar, shu jumladan, uni yaqindan tanuvchilarga tayanib xabar bermoqda.
45 yoshli Polat Shamshetov oʻtgan yilning iyul oyida Qoraqalpogʻistonda yuz bergan voqealardan keyin hibsda saqlanayotgan edi. Uning dafn marosimi dushanba kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Qolaversa, Shvetsiyaning Markaziy Osiyo nodavlat notijorat tashkilotlari assotsiatsiyasi direktori, parlamentning mustaqil komissiyasi aʼzosi Gulnoz Mamarasulova Polat Shamshetovning vafotini tasdiqlagan.
Uning Twitterʻda yozishicha, komissiyaga oʻlimning asl sababini oʻrganish boʻyicha tekshiruv oʻtkazishni taklif qilgan.
“Komissiya mazkur ishni dushanba kuni Buxoroda boshlaydi, deya qoʻshimcha qildi u”.
Qayd etish kerak, Polat Shamshetovga 2-iyul kuni “odamlarni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilgani va oʻzi ularning faol ishtirokchisi boʻlganligi” haqida ayblov qoʻyilgan edi. Sud jarayonida u koʻchaga nima boʻlayotganini koʻrish uchun chiqqanini aytgandi.
“Maqsad shunchaki oʻz koʻzim bilan koʻrish boʻlgan”, — degandi u.
Oʻsha kunlarda u mehnat taʼtilida edi, biroq 3-iyul kuni ishga chiqdi, 11-iyul kuni esa hibsga olindi.
Polat Shamshetov telefonda sodir boʻlayotgan voqealar haqida koʻp gaplashganini tan olgandi, buni esa oʻzining vazifasi bilan bogʻliqligini aytgandi.
“Suhbatlarning barcha stenogrammasi ish hujjatlarida keltirilgan va ularda hech qanday noqonuniy xatti-harakatlarga chaqiruv yoʻq”, degandi u.
31-yanvar kuni Buxoro viloyati sudida oʻqib eshittirilgan hukmga koʻra, Polat Shamshetov JKning 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Unga JKning 45 (Muayyan huquqdan mahrum qilish), 57-moddalari qoʻllanib, 3 yil mansabdorlik lavozimlarida va ichki ishlar tizimida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 6 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.



