So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
“Zapravka”larda Rossiyadan import qilingan AI-80 benzin sotuvga chiqarildi» — “Oʻzbekneftgaz” AJ
“Oʻzbekneftgaz” AJ fevral oyida “Tatneft” kompaniyasidan qoʻshimcha 50 ming tonna AI-80-K-5 avtobenzini xarid qilishni rejalashtirmoqda.
Xabaringiz bor, “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan respublika aholisi ehtiyojlarini sifatli avtobenzin bilan taʼminlash maqsadida, aksiyadorlik jamiyati tasarrufdagi Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilayotgan mahalliy mahsulot bilan bir qatorda, tayyor mahsulotlar ham import qilinmoqda.
Joriy yilning yanvar oyida “Tatneft” (Rossiya) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan AI-80-K-5 avtobenzinni import qilish boʻyicha kelishuvga erishilib, “TANEKO” zavodidan jami 50 ming tonna AI-80-K-5 rusumdagi avtobenzini yuklab berilgan.
AI-80 avtobenzinga boʻlayotgan talabning ortib borayotganligini hisobga olib, taqchillik, uzilishlar va AYOQSHlardagi navbatlarning oldini olish maqsadida, 4-fevral kunidan boshlab Jamiyat tasarrufidagi AYOQSHlar orqali import qilingan AI-80-K-5 rusumli avtobenzin sotuvga chiqarildi.
Tovar-xomashyo birjasida AI-80-K-5 rusumli avtobenzinning boshlangʻich narxi bir tonnasi uchun 7 168,3 ming soʻm, “Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli AYOQSHlarda isteʼmolchilarga sotiladigan yakuniy narxi bir litri uchun 6 000 soʻmni tashkil etmoqda.
Fevral oyida “Tatneft” kompaniyasidan qoʻshimcha 50 ming tonna AI-80-K-5 avtobenzini xarid qilinishi rejalashtirilmoqda.
Maʼlumot uchun, Jamiyat tomonidan joriy yilning yanvar oyida “Gazprom” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 5 ming tonna AI-80-K-5 rusumli avtobenzin xarid qilinib, AYOQSHlar orqali isteʼmolchilar uchun realizatsiya qilingan.