So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Qiziriq haqiqatlari. Qosimov 338 gektar yerni tashlandiqqa aylantirgan agrofirmalarni qattiq tanqid qildi
Viloyat hokimi yerdan umuman foydalanmayotgan agrofirmalarga Mahmud Mirzayev nomidagi ilmiy tekshirish instituti qoshidagi Bandixon tajriba xoʻjaligidan ijaraga olingan yerlarni qaytarib berishni topshiriq berdi.

Xabaringiz bor, Effect.uzʻga Surxonning Qizirigʻidan boʻlgan fermerlar bir emas, bir necha yildan buyon murojaat qilib, huquqlarini poymol boʻlayotganidan nolishgan edi.
Ularning masalasi katta davralarda muhokama boʻldi, qaysidir maʼnoda ayrimlarining huquqlari qayta tiklandi. Bobolovdan keyin kelgan viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov Qiziriq tumanida, qiziq ishlarga guvoh boʻldi.
Yaʼni u, Qiziriq tumanida boʻlib, Mahmud Mirzayev nomidagi ilmiy tekshirish instituti qoshidagi Bandixon tajriba xoʻjaligi faoliyatini oʻrgandi.
Aholini oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va iqtisodiyot tayanchi boʻlgan har bir qarich yer maydoni muhim hisoblangan bugungi kunda ushbu tajriba xoʻjaligiga tegishli, hozirgi kunda 3 ta agrofirmaga ijaraga berilgan 338 gektar maydondan umuman foydalanilmasligi natijasida maydonni begona oʻtlar bosib ketgan.
Viloyat matbuot xizmatining aytishicha, tashlandiq holga kelib qolgan maydon viloyat hokimining qattiq eʼtirozi va masʼullarni tanqid qilinishiga sabab boʻlgan. Hokim ushbu 338 gektar ekin maydonini tajriba xoʻjaligiga qaytarish topshirigʻini berdi.
Mahmud Mirzayev nomidagi ilmiy tekshirish instituti masʼullari tomonidan Bandixon tajriba xoʻjaligi faoliyatini rivojlantirish, tashlandiq holga kelib qolgan yer maydonini foydalanishga kiritish maqsadida mavjud nasos stansiyalari taʼmirlanishi hamda 6 ta traktor ajratilishi aytildi.
Viloyat rahbari yer maydonlaridan samarali foydalanish, kelgusida ushbu yer maydonlarida paxta, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha masʼullarga vazifalarni belgilab berdi.



