So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Qashqadaryoda bir oy ichida 2700 ta murojaatchi kadastr hujjatiga ega boʻldi
Kadastr hujjatini tayyorlash yuzasidan eng koʻp murojaat Qarshi shahri aholisidan kelib tushgan.

Qashqadaryo viloyatida yanvar oyida Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi va uning tuman, shahar filiallari tomonidan 2700 ta, shundan 2475 ta jismoniy shaxslarga tegishli va 225 ta yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan yer uchastkalari va koʻchmas mulklariga kadastr pasporti tayyorlab berildi.
“Maʼlumot uchun bugungi kunda Kadastr pasportini tayyorlash, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va koʻchmas mulkka oid tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun murojaatlar Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinmoqda”— deydi Boshqarma boshligʻi Gʻayrat Hamroyev.
Masʼulning taʼkidlashicha kadastr hujjatini tayyorlash yuzasidan eng koʻp murojaat Qarshi shahri aholisidan kelib tushgan boʻlib, arizalar soni 740 tani tashkil etadi.
Kadastr hujjatini tayyorlash hududlar kesimida tahlil qilinganda;
Chiroqchi tumanida 69 ta
Dehqonobod tumanida 71 ta
Gʻuzor tumanida 83 ta
Kasbi tumani 132 ta
Kitob tumani 216 ta
Koʻkdala tumani 54 ta
Koson tumani 110 ta
Muborak tumani 59 ta
Mirishkor tumani 95 ta
Nishon tumani 92 ta
Qamashi tumani 87 ta
Qarshi tumani 500 ta
Shahrisabz tumani 104 ta
Shahrisabz shahrida 142 ta va Yakkabogʻ tumanida 146 nafar murojaatchilarga kadastr hujjati shakllantirib berilgan



