Qidirish

18:05 / 2023-02-01 184 0 Jamiyat

Samarqandda “International Travel Bazaar 2023” turizm forumi boʻlib oʻtadi

Forum Markaziy Osiyoda sayohat tajribasini shakllantiruvchilar va turizm xizmatlarini sotuvchilar uchun yil tadbiri boʻlib, rivojlanish, hamkorlik va yangi yechimlarni izlashga qaratilgan.

world-news

10–11-fevral kunlari Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi koʻmagida “Tourism Bazaar 2023 Samarqand turizm forumi boʻlib oʻtadi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, Samarqand turizm forumi Markaziy Osiyoda sayohat tajribasini shakllantiruvchilar va turizm xizmatlarini sotuvchilar uchun yil tadbiri boʻlib, rivojlanish, hamkorlik va yangi yechimlarni izlashga qaratilgan.

Samarkand Tourism Forum – bu turizm sohasi mutaxassislari va biz bilan birga rivojlanib, daromad olishni xohlovchilar uchun yaratilgan platformadir.

Unda 200 dan ortiq mehmonlar: turoperatorlar va gidlar, restavratorlar, mehmonxonachilar va turizm bilan bogʻliq korxonalar, ijodiy industriya va davlat sektori vakillari real holatlar, qiyinchiliklar va sayohat tendensiyalari haqida suhbatlashish uchun yigʻilishadi.

Forumda ikki kun davomida 9 davlatdan 40 nafar maʼruzachi oʻz bilimlarini butun Markaziy Osiyodagi hamkasblari bilan oʻrtoqlashadi.

Forum dasturi:

— Qiziqarli turizm tendensiyalari boʻyicha davra suhbatlari. “Yashil texnologiyalar nima va ular qancha turadi? Nega Markaziy Osiyoda agroturizm yoʻq?” Biz ushbu mavzularni mutaxassislar bilan muhokama qilamiz va muhokamaga boshqa ishtirokchilarni taklif etiladi.

— Turoperatorlar va turizm bilan bogʻliq biznes sohasi vakillari uchun “Oʻsish nuqtalari. Qanday qilib shaharni dunyoning №1 manziliga aylantirish mumkin?” mavzusidagi yalpi majlislar.

— Oʻzbekiston, Isroil, AQSH, Germaniya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Rossiyaning taniqli amaliyotchi va soha yetakchilaridan ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy brend yaratish boʻyicha seminarlar, restoran xizmati va mahorat darslari.

Shuningdek, forumda koʻrgazma va gastronomik zonalar, B2B uchrashuvlar va innovatsion turizm mahsulotlari taqdimoti ham rejalashtirilgan. Qolaversa, faqat darhol amaliyotga tatbiq etilishi mumkin boʻlgan strategiyalar va yechimlarga eʼtibor qaratiladi.

Toʻliqroq dastur Samarqand turizm forumi saytida eʼlon qilingan.

Forumda qatnashish uchun chiptalarni iTicket.uz sayti orqali xarid qilish mumkin.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun:

Tel.: +998 93 500 39 36
Telegram: @visitCA

mail: [email protected]

Izohlar 0

Fikr bildirish