So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Samolyotlar, deltaplanlar, yuzlab qishloq xoʻjaligi texnikasi va minglab mutaxassislar — Orolqumda oʻrmonzorlashtirishning navbatdagi mavsumi boshlandi
Samolyotlar, deltaplanlar, yuzlab qishloq xoʻjaligi texnikasi va minglab mutaxassislar...
Qurigan dengiz tubida choʻl oʻsimliklarini yetishtirish uchun navbatdagi mavsum boshlandi. Bu, oʻz navbatida, qurigan dengiz qismidan zararli tuz va changlarning koʻtarilishiga toʻsqinlik qiladi, deya xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.
Maʼlum boʻlishicha, Orolqumda 2023-yil davomida yana 100 ming gektar maydonda oʻrmonzorlashtirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Mavsumning ochilish marosimida Favqulodda vaziyatlar vaziri A. X. Qoʻldoshev, Joʻqorgʻi Kengesi raisi A. T. Oʻrinboyev, Ekologiya partiyasi raisi A. Hamzayev va boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdilar.






Qayd etish kerak, 2018-yil dekabr oyidan ushbu dasturga Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tashabbus koʻrsatilgan edi.
Oʻtgan davr mobaynida Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan Orol dengizining qurigan qismida 1 million 620 ming gektar maydonda saksovul, tamariks va boshqa choʻl oʻsimliklaridan iborat oʻrmon barpo etilgan.
Eslatib oʻtamiz, Orolning qurigan tubidagi koʻkalamzorlashtirish ishlari Prezidentning Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi T. A. Xudaybergenov tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.