So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Norin” daryosining qirgʻoqlari mustahkamlandi — Namangan FVB
Daryoning qirgʻoqlarini mustahkamlash orqali aholi yashash xonadonlari va bino inshootlariga boʻlgan xavf darajasi bartaraf etilgan.
“Norin” daryosining qirgʻoq mustahkamlash va damba tiklash ishlari tunu-kun olib borildi, deya xabar bermoqda Namangan FVB matbuot xizmati.

FVB maʼlumotiga koʻra, Norin tumani Istiqlol mahalla fuqarolar yigʻini hududidan oqib oʻtuvchi “Norin” daryosining chap qirgʻoq PK 334+61 dan PK 337+11 gacha boʻlgan qismida 250 metr masofada damba tiklash ishlari olib borilgan.
Tiklash ishlari davomida 3990 m3 shagʻal, 3500 m3 xarsang tosh va 2506 m3 xashar yoʻli bilan keltirilgan temir yoʻl shpallari bilan mustahkamlandi hamda 406 nafar shaxsiy tarkib va 266 ta maxsus va muhandislik texnikalari jalb etilgan.

Tezkor harakat natijasida hozirda 407 ta aholi yashash xonadonlari, 70 gektar maydonda 4 ta baliqchilik xoʻjaliklari, 1 ta bogʻdorchilik xoʻjaligi, 1 ta maktab va 1 ta Maktabgacha taʼlim tashkiloti obyektlariga nisbatan boʻlgan xavf darajasi bartaraf etildi.