So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonning bir nechta hududida kuchli shamol va yomgʻir yogʻishi kutilmoqda
Noqulay ob-havo fevral oyining boshidan boshlanishi mumkin.
Joriy yilning 31-yanvar va 1-2-fevral kunlari Oʻzbekiston hududiga Oʻrta yer dengizi hududlaridan nam va nisbatan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Oʻzbekistonda 1-3-fevral kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻirlar sabab sel kelishi mumkinligi aytilmoqda.
Yogʻingarchilik miqdori taqsimlanishi xaritasi 1-2-fevralda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

31-yanvar va 1-2-fevralda respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik, asosan yomgʻir koʻrinishida boʻladi, shuningdek, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida 1-2-fevral kunlari baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuchli boʻladi.
Shuningdek, 1-3-fevral kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi sababli, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida, jumladan: Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida; Surxondaryo viloyati:
Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobot tumanlarida; Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida; Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida; Fargʻona viloyati: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida; Andijon viloyati:
Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari soʻraldi.