So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Samarqand xalqaro aeroportida turizm axborot markazi ochildi
Samarqand shahrida oʻtgan yili 9 ta turistik axborot markazi faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 2023-yilda ularning sonini 18 taga yetkazish rejalashtirilgan.
Samarqand xalqaro aeroporti hududida turizm axborot markazi oʻz ishini boshladi, deya xabar bermoqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, turizm axborot markazida chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibi, turistlar uchun qiziqarli boʻlgan madaniy meros obyektlari, turistik yoʻnalishlar, jamoat transporti xizmatlari, avtomobil ijarasi, umumiy ovqatlanish, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish, mehmonxonalar, tibbiy yordam markazlari va boshqalar boʻyicha batafsil maʼlumotga ega boʻlish mumkin.
Taʼkidlash kerak, Samarqand shahrida oʻtgan yili 9 ta turistik axborot markazi faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 2023-yilda ularning sonini 18 taga yetkazish rejalashtirilgan.
Axborot markazining ochilishi Prezidentning 2022-yil 24-dekabrdagi “Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish, viloyatni “Samarqand – Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi” konsepsiyasi asosida rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirildi.
Maʼlumot uchun, Samarqand 2023-yilda Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) poytaxti hisoblanadi. UNWTO Bosh assambleyasining yubiley 25-sessiyasi aynan Samarqandda oʻtkaziladi.