So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari IHTʻning Madaniyat instituti prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazdi
Uchrashuvda Oʻzbekistonning IHT doirasidagi tadbirlarda ishtiroki, tashkilotga aʼzo davlatlar bilan madaniy-gumanitar hamda turizm sohalaridagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Aʼzamov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT)ning Madaniyat instituti prezidenti Murodjon Bubriboyevni qabul qildi.
Taʼkidlash kerakki, uchrashuvda Oʻzbekistonning IHT doirasidagi tadbirlarda ishtiroki, tashkilotga aʼzo davlatlar bilan madaniy-gumanitar hamda turizm sohalaridagi hamkorlik, kelgusida amalga oshirilishi koʻzda tutilgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Maʼlumot uchun, IHTʻning Madaniyat instituti Mintaqaviy madaniy rivojlanish instituti negizida tashkil etilgan boʻlib, tashkilotga aʼzo davlatlar hududida keng koʻlamli madaniy tadbirlar boʻyicha tashabbuskor, muvofiqlashtiruvchi, moliyalashtiruvchi va nazorat qiluvchi funksiyani bajaradi.

Jumladan, madaniyat sohasidagi taʼlim muassasalari, muzey va kutubxonalar, televideniye hamda tahririyatlar, madaniy meros va sport yoʻnalishlarida aʼzo davlatlar oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash institutning asosiy vazifalari sirasiga kiradi.